“Tech4Impact” quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatadi:

  • Iqlimning o’zgarishi
  • Startaplar
  • Texnologiya tadbirkorligi
  • Ayollar va yoshlar tadbirkorligi
  • DATAlar tahlili
  • Ilm-fan va innovatsiya
  • «Yashil» texnologiyalar
  • Nexus «Suv-energiya-oziq-ovqat-ekotizimlar»

Biz

Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida innovatsiyalar, informatsion texnologiyalar, startaplar, inson kapitali, yashil texnologiyalar, yoshlar va ayollar tadbirkorligini  rivojlantirish sohasidagi kuch-g‘ayratlarni birlashtirish  va faoliyatni amalga oshirish uchun 2019-yilda tashkil etilgan. NNT asoschilari bu sohalarda ishlash va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatuvchi innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 15 yildan ortiq tajribaga ega. Nodavlat notijorat tashkiloti Tech4Impact O‘zbekiston Adliya vazirligida 2019-yilning 30-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan, Ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi Guvohnomaning qayd raqami – №894.

 

2021 yildagi loyihalarimiz: Infografikani yuklab oling  (320 KB)

Dasturlarimiz

O‘zbekiston va Latviyaning tadbirkor qizlar uchun ilk hamkorlikdagi dasturi: Female Founders Across Borders!

Dastur doirasida texnologik kompaniyalar va startaplarning asoschilari va rahbarlari uchun treninglar, mentorlik uchrashuvlari o‘tkaziladi va o‘zaro tajriba almashiladi.

                 

Academy for Women Entrepreneurs (AWE) Uzbekistan 2022

AQShning Toshkentdagi elchixonasi va Tech4Impact kompaniyasi Farg‘ona vodiysidan 30 nafar ayol uchun Academy for Women Entrepreneurs (AWE) Uzbekistan 2022 (Tadbirkor ayollar akademiyasi (AWE) O‘zbekiston 2022) ishga tushirmoqda.

    

Women Climate Change Startups Karakalpakstan

Tech4Impact Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan yangi “O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasini boshladi. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston ayollari hududda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi o‘zlarining iqtisodiy turmushdagi ishtirokini kengaytirishi uchun...

UniSat - nanoyo'ldoshlarini ishga tushirish uchun STEM dasturi

Yangiliklarni tashqaridan kuzatmang, balki biz bilan birga ularning yaratuvchisi bo'ling! Orzularingiz amalga oshsin!

C.A.T. Science Accelerator

C.A.T. Science Accelerator — “ilmiy” loyihalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun O‘zbekistondagi birinchi akselerator. Biz olimlar va biznes o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yamiz, jamoaga moliyachilar, marketologlarni jalb qilish, investitsiyalar olish va startapni ishga tushirish uchun olimlarga yordam beramiz. Akseleratorda qatnashish bepul!

My Technovation Story

2017-2021 yilgi mavsumlarning Technovation Girls ishtirokchilari va mentorlari! Biz “Technovation’dan keyin” eng yaxshi hikoyasi uchun sovrinli tanlov e’lon qilamiz – My Technovation Story!   Oliy o’quv yurtiga o’qishga kirdingizmi? Yangi ish topdingizmi? Yangi sevimli mashg’ulotingiz bormi? Texnologiya tufayli hayotingizda biror...

Yashil texnologiyalar sohasidagi tadbirkor ayollar uchun biznesni tezlashtirish dasturi

Tech4Impact NNT Kanadaning Mahalliy tashabbuslar fondi bilan hamkorlikda “yashil” texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ayollarning biznesini jadallashtirish dasturiga start berilgani haqida e’lon qiladi. Dastur maqsadi — tadbirkor ayollarga ekspertlar ko‘magida o‘z biznesini yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishdan iborat.    ...

Technovation Girls Uzbekistan

Technovation Girls — крупнейший международный технологический конкурс для девушек. Проходит в Узбекистане с 2016 года. Девушки, под руководством менторов, учатся решать социально важные проблемы в своих сообществах с помощью технологий (создают мобильное приложение, пишут бизнес-план проекта, снимают видео о проекте и презентуют его в финале конкурса).

ClimateLaunchpad Uzbekistan

ClimateLaunchpad is the largest international competition of ‘green’ business ideas. In 2019, Uzbekistan joined to the 50 participating countries for the first time. ClimateLaunchpad in Uzbekistan is represented by Green Business Innovation. The 2 best startups from Uzbekistan in November-2019 went to Amsterdam to the global ClimateLaunchpad final.

"Ayollar Fan va Texnologiyalar sohasida”-2019 Markaziy Osiyo haftaligi

Markaziy Osiyoning 4 ta mamlakati, Kremniy Vodiysi va Buyuk Britaniya kompaniyalaridan tashrif buyurgan investorlar, tadbirkorlar, o‘z sohalarining yetakchi ayollari ishtirokidagi profilli mintaqaviy tadbir. 2019-yilda tadbir 25-30 mart kunlari Toshkent, Samarqand va Nukusda bo‘lib o‘tdi.

Water Solutions Innovations Lab startup akselerator

Water Solutions Innovation Lab startap-akseleratori yashil texnologiyalar va suv masalalari sohasidagi loyihalar uchun tashkil qilingan. Akselerator Green Business Innovation kompaniyasi tomonidan USAID/CAREC Smart Waters loyihasi doirasida O‘zR Suv xo‘jaligi vazirligi va TIQXMMI ko‘magida Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri bazasida o‘tkaziladi.

Startup Mix konferensiyasi

Startup Mix — startaplar va innvovatsiyalar sohasida 2013- yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekistondagi birinchi va eng obro‘li biznes-konferensiya. Biz Toshkent va Nukusda 42 ta tadbir o‘tkazdik. Bizning auditoriya: biznesmenlar, IT-tadbirkorlar, kompaniya rahbarlari, mutaxassislar, dizaynerlar, startapchilar, marketologlar, jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs talabalari.

Curiosity Maker Space

Curiosity MakerSpace — yaratuvchilik, ijod, nostandart yechimlarni izlash va kreativ g‘oyalarni amalga oshirishga ilhomlangan ijodkor odamlar uchun ochiq bo‘lgan ijodiy makon. 2018-2019 yillarda biz loyiha doirasida yoshlar bilan ko‘plab tadbirlarni o‘tkazdik. Curiosity MakerSpace 2020 yili Toshkentda O‘zbekistondagi AQSH Elchixonasi ko‘magida ochiladi.

Ideathon

Ideyaton — bu g‘oyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ikki kunlik jadal seminar. Ishtirokchilar jamoalarga bo‘linishadi. Ekspertlar dizayn-fikrlashdan qanday foydalanish va ijtimoiy muammolarni nchishda innovatsiyalarni qanday joriy qilish mumkinligini tushuntirib berishadi.

Curiosity Machine AI Family Challenge oilaviy tanlovi

Curiosity Machine AI Family Challenge 2018-2019 yillarda O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazildi. Oilalar (ota-onalar va bolalar) Google’ning SI (sun’iy intellekt) bo‘yicha kursini o‘tashdi va finalda jamiyatdagi muayyan ijtimoiy muammoni hal qilishga qaratilgan, SU qo‘llangan o‘z loyihalarini yaratishdi. O‘zbekistondan The Innovators jamoasi Spiky! Bullying Detector loyihasi bilan dunyo tanlovi finaliga chiqdi.

Impact

Tech4Impact loyihalari muhim sotsial yo‘nalishga ega.  Biz stereotiplarni o‘zgartiramiz va qizlarga texnologik sohalarda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini namoyish etamiz. Konservativ sohalarni (fan, suvdan foydalanish, qishloq xo‘jaligi)  biznes bilan bog‘laymiz. Dizayn-fikrlashni rivojlantiramiz. Xalqaro spikerlarni taklif etamiz va eng yaxshi dunyoviy tajribalar bilan o‘rtoqlashamiz. Ko‘ring…

Tadbirlar

Yangiliklar

Hamkorlar

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK