ClimateLaunchpad Uzbekistan

Dastur

Dunyoda ekologiyani yaxshilash uchun yuzlab a’lo g‘oyalar mavjud. Ammo ulardan ko‘pchiligi g‘oya bosqichida qolib ketadi, hech qachon navbatdagi qadam qo‘yilmaydi va yashash qobiliyatiga ega loyihalarga aylanmaydi.

G‘oyalarga qo‘shimcha impuls, turtki lozim. Mentorlarni qo‘llab-quvvatlash. Ta’lim. Tajribali ekspertlarning fikrlari. Tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar yoki muvaffaqiyatga erishganlar kishilarning maslahatlari.

Aynan mentorlik va tahsil tufayli ko‘plab g‘oyalar dunyo yuzini ko‘rishi mumkin.

Xuddi shu paytda butun dunyodagi hamkorlari bilan birgalikda, tahsil, instuktaj va ko‘makni taqdim etgan holda, ClimateLaunchpad paydo bo‘ladi.

 

 

ClimateLaunchpad loyihasidan startaplar uchun jadallashtirilgan modullar quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

  • Jamoa va asoschi roli;
  • Bozor segmentatsiyasi va birinchi mijozlarni izlash;
  • Mijozlar uchun qadriyatlarni qanday yaratish va ular bilan qanday muloqot qilish kerak;
  • Pul ishlab topadigan startapni qanday yaratsa bo‘ladi;
  • Iqlim o‘zgarishiga qanday ta’sir qilish mumkin;
  • Moliyaviy metrikalar va startap rejasi;
  • Iqlim o‘zgarishiga ta’sirni qanday hisoblash mumkin;
  • Mijozlarni izlash, customer discovery;
  • Ma’ruzaga tayyorgarlik.

Bu mavzular 11-12 kunlari bo‘lib o‘tgan butkempda muhokama qilindi.  Butkemp treneri Frants Nauta sof texnologiyalarga urg‘u bergan holda innovatsiyalar va tadbyuirkorlikka ixtisoslashgan.

Frantsning loyihalaridan ba’zi birlari: ClimateLaunchpad, sof texnologiyalar sohasidagi biznes g‘oyalar uchun dunyodagi eng yirik dasturlardan biri (> 45 mamlakat, bu yil ta’lim kursini o‘tagan 800 dan ortiq startap), Climate-KIC startap akseleratori (1 000 ga yaqin startap ro‘yxatdan o‘tgan va 600 mln. yevrodan ziyod mablag‘ jalb etilgan).

Butkempdan so‘ng barcha jamoalar, trenerlar bilan birgalikda, ClimateLaunchpad dasturi bo‘yicha 6 ta qo‘shimcha modulni o‘rganib chiqishdi.

Har bir jamoa finalda qatnashish uchun taqdimot (pitch) tayyorladi.

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK