Curiosity Machine AI Family Challenge oilaviy tanlovi

Loyiha haqida

Curiosity Machine AI Family Challenge O‘zbekistonda birinchi marta 2018-yil mart oyidan 2019-yil martigacha o‘tkazildi. Oilalar (ota-onalar va bolalar) Google’ning SI (sun’iy intellekt) bo‘yicha kurslarini o‘tashdi va finalda jamiyatdagi muayyan ijtimoiy muammoni hal qilishga qaratilgan, SI qo‘llangan o‘z loyihalarini yaratishdi. _________ Butunjahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra, hozir boshlang‘ich maktabga borayotgan bolalarning 65% maktab va oliy o‘quv yurtlarini tamomlaganidan so‘ng, hali hatto mavjud ham bo‘lmagan kasblarda ishlaydi. Shuning uchun kelajakdagi yangi kasblarga hozirdanoq tayyorlanish lozim. ___________ 2019-yil martida O‘zbekistondan The Innovators  jamoasi Spiky! Bullying Detector loyihasi bilan dunyo tanlovi finaliga chiqdi.   Bu bulling-detektor, tahqirlash ehtimolini oldindan bilish maqsadida boladan keladigan xabarlarni tahlil qilish uchun  mashinaviy o‘qitish, shuningdek yuzlarni va hissiyotlarni tanib olishdan foydalanadigan mobil ilova hisoblanadi. Spiky, agar choralar ko‘rish lozim bo‘lsa, ota-onalar va o‘qituvchilarga bildirgi jo‘natadi. Tanlovda jami butun dunyodan kelgan 200 ta jamoa ishtirok etdi, ulardan faqat 6 nafari 2019-yil may oyida  AQSHdagi Google ofisida bo‘lib o‘tgan finalga chiqa oldi. Final doirasida  jamoalar bir nechta seminarlarni tinglashdi, Kremniy vodiysining texnologik kompaniyalariga tashrif buyurishdi, hakamlar oldida sahnadan turib o‘z loyihasini taqdim etishdi. Finalchilarning to‘liq ro‘yxati va ularning loyihalari: www.curiositymachine.org/aichallenge/worldchampionship Mashg‘ulotlar qanday o‘tgani va xalqaro final – loyihamiz fotogalereyasida.

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK