Water Solutions Innovations Lab startup akselerator

Loyiha haqida

Water Solutions Innovation Lab startap-akseleratori yashil texnologiyalar va  suv masalalari sohasidagi loyihalar uchun tashkil qilingan.

Sizda yashil biznes yoki suv bilan bog‘liq g‘oya bormi? Siz nafaqat pul ishlab topish, balki mamlakatimiz yoki hamjamiyatingizni yanada yaxshiroq qilish istagidamisiz? O‘z talabnomalaringizni jo‘nating!

 

 

Biznes-g‘oyangiz quyidagi sohalarda bo‘lishi lozim:

  • Sof texnologiyalar
  • Barqaror rivojlanish
  • Suvni tozalash
  • Suv va quvvat
  • Suv va qishloq xo‘jaligi
  • Suv/tabiat resurslarini boshqarish
  • Tiklanadigan quvvat manbalari
  • Qishloq xo‘jaligi, agrobiznes
  • Iqlim o‘zgarishi
  • Atrof-muhitning ifloslanishi

 

Akselatorning 2 ta eng yaxshi loyihasi ClimateLaunchpad / xalqaro Climathon 2019 / xalqaro dasturida avtomat ravishda ishtirok etadi, Amsterdamda bo‘lib o‘tadigan ClimateLaunchpad / finaliga borish uchun kurashishi va ClimateLaunchpad global finalida g‘alabaga erishgan taqdirda, investitsiyalar va mukofotlar olishi mumkin.

 

Water Solutions Innovation Lab akseleratori  Green Business Innovation kompaniyasi tomonidan  USAID/CAREC Smart Waters loyihasi doirasida O‘zR Suv xo‘jaligi vazirligi va TIQXMMI ko‘magida Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri bazasida o‘tkaziladi.

 

Dastur sayti: http://smartwaterlab.uz/

 

Ijtimoiy tarmoqlar:

Facebook: https://www.facebook.com/waterlab.uz/

Telegram: https://t.me/SmartWaterLab

 

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK