Loyiha haqida
Startup Mix — startaplar va innovatsiyalar sohasida 2013- yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekistondagi birinchi va eng obro‘li biznes-konferensiya.
Bizning auditoriya: biznesmenlar, IT-tadbirkorlar, kompaniya rahbarlari, mutaxassislar, dizaynerlar, startapchilar, marketologlar, jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs talabalari.
Tadbirlar oldin har oyda o‘tkazilar edi (biz 40 ta tadbir o‘tkazdik), ammo 2019-yil katta ko‘lamda o‘tkazilyapti, yilda bir necha marta o‘tkazilmoqda.
__________
Loyihaning asosiy yutuqlari:
Biz Savdo-Sanoat palatasi, Inxa Universiteti, TChK kovorkingida Startup Mix’ning klassik tadbirlarini o‘tkazdik. Startup Mix’ning katta tadbirlari O‘zbekiston va Markaziy Osiyo doirasida Toshkent va Nukusdagi ICT Week 2015-2016, Central Asian Trade Forum-2018 va Central Asian Women in Tech & Science Week paytida o‘tkazildi. Sheriklarimizga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!
__________
Yangi IT, ilmiy va “yashil” startaplarni yaratish va rivojlantirishga qiziqqan barchani hamkorlikka taklif qilamiz.
Taqdimot bilan chiqishni istaysizmi? Bizga Facebook sahifasi orqali yozing, + 998 78 1501173, +99890 3192351, +99890 9897257 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling