ClimateLaunchpad Uzbekistan

Loyiha haqida

ClimateLaunchpad — “yashil” biznes-g‘oyalar bo‘yicha yirik xalqaro tanlov.  2019-yili O‘zbekiston birinchi marta  tanlovning 50 ta ishtirokchi mamlakati safiga qo‘shildi. ClimateLaunchpad  tanlovini O‘zbekistonda Green Business Innovation kompaniyasi taqdim etmoqda.

 

 

 

1-12 iyul kunlari Toshkentda  saralashdan o‘tgan jamoalar uchun ClimateLaunchpad butkempi o‘tkazildi.

 

Butkemp — bu iqlim o‘zgarishi, suv va ekologiya muammolarini hal etishga yordam berishni istayotgan ambitsiyali tadbirkorlar uchun jadal ikki kunlik trening.

 

 

Butkempni ClimateLaunchpad  asoschisi Frans Nauta o‘tkazdi.

 

_______________________________

 

6 avgust kuni to‘qqizta loyiha ma’ruzalar bilan qatnashdi. Sakkiz kishidan iborat ekspertlar hay’ati ikkita  eng yaxshi loyihani tanladi va O‘zbekistondan 2 ta jamoa 2019-yilning g‘olibiga aylandi:

 

  • VIOM — quruq mahsulotlar/tovarlarni o‘rash uchun tabiiy xomashyo asosidagi suvda eriydigan va biologik parchalanadigan plyonka ishlab chiqarish va undan qishloq xo‘jaligida foydalanish;

  • Proteus —  additiv texnologiyalar (3D-bosma) bazasida avtonom mini- va mikro-gidroelektrstansiyalarini ishlab chiqarish.

 

 

O‘zbekistondan 2 ta eng yaxshi startap  2019 yil noyabrida ClimateLaunchpad global finalida ishtirok etish uchun Amsterdamga yo‘l oladi.

 

O‘zbekistondagi tanlov tadbirlari 2019-yilda Water Solutions Innovation Lab,  USAID/CAREC Smart Waters loyihasi, MOMEM va TIQXMMIning Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri  bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

_____________________________

 

Tanlov haqida

 

ClimateLaunchpad maqsadi — o‘z faoliyatini endigina boshlagan tadbirkorlarga o‘zlarining sof texnologiyalar bo‘yicha g‘oyalarini global miqyosda rivojlantirishga yordam berish. Tanlov missiyasi innovatsiyalar, ixtirolar va tadbirkorlik yordamida iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini bartaraf etishdan iborat.

Tanlovga tiklanadigan energiya manbalari, energiya samaradorligi, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti, transport, sanoat texnologiyalari va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishning boshqa har qanday usullari sohasidagi g‘oyalar va loyihalar qabul qilinadi.

Tanlovning xalqaro finalida jamoalar o‘z biznes-g‘oyalarini xalqaro investorlarga taqdim etishlari mumkin. Eng yaxshi loyihalar tanlov saytiga joylashtiriladi, bu loyihangiz uchun ajoyib PR bo‘ladi.

Xalqaro finalda qatnashgan eng yaxshi o‘nta jamoa uchun Yevropa innovatsiyalar va texnologiyalar institutining Climate-KIC akseleratori eshiklari ochiladi.

Xalqaro finalda 1, 2, 3 o‘rinlarni egallagan jamoalar o‘z loyihalarini rivojlantirish uchun mos ravishda €10 000, €5 000 va €2 500  miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ladilar.

___________________________

ClimateLaunchpad tanlovi 2014-yildan boshlab Yevropa Ittifoqining 2010-yilda tashkil qilingan iqlim va innovatsiyalar sohasidagi dasturi sanalgan Climate-KIC, YeIning organi hisoblangan  hamda zamonamizning global tahdidlarini hal qilgan holda Yevropada barqaror iqtisodiy o‘sishni yaratayotgan Yevropa innovatsiyalar va texnologiyalar instituti (EIT)  tomonidan global tarzda o‘tkazib kelinadi.

 

Tanlovga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo‘ling: 

 

Telegram-kanalhttps://t.me/climatelaunchpad

Facebook-sahifasihttps://www.facebook.com/climatelaunchpaduz/

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK