O‘zbekiston va Latviyaning tadbirkor qizlar uchun ilk hamkorlikdagi dasturi: Female Founders Across Borders!

                 

Proekt haqida

O‘zbekiston va Latviyaning tadbirkor qizlar uchun ilk hamkorlikdagi dasturi: Female Founders Across Borders!

🎯 Dastur doirasida texnologik kompaniyalar va startaplarning asoschilari va rahbarlari uchun treninglar, mentorlik uchrashuvlari o‘tkaziladi va o‘zaro tajriba almashiladi.

Agar IT sohasida biznesingiz bo‘lsa, IT-startapni ishga tushirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki texnologiyalar yordamida biznesingizni raqamlashtirishni va kengaytirishni istasangiz – ariza bering!

🥇 Dasturning eng yaxshi ishtirokchilari 2023-yil bahorida Latviyaga boradi, ularning barcha xarajatlari to‘lanadi.

Talablar:
– Yosh bo‘yicha cheklovlar yo‘q
– Ingliz bilini bilish majburiy (mashg‘ulotlarning asosiy qismi ingliz tilida o‘tkaziladi)
– Sizda startap-g‘oya/IT sohasida ishlayotgan biznes yoki IT-echimga va raqamlashtirishga ehtiyoji bo‘lgan boshqa sohalardagi biznes mavjudligi
– Haftasiga 5 soat va undan ko‘p vaqtni ajratgan holda, har haftalik onlayn/shaxsiy guruhli mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyati.
– Kompyuterda ishlashni bilish va onlayn-sessiyalar uchun kompyuter/smartfondan foydalanish imkoniyati⠀

📍 Arizalar 2022-yil 10-noyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur Tech4Impact NNT (O‘zbekiston) va Riga Tech Girls (Latviya) tomonidan Latviya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK