Academy for Women Entrepreneurs (AWE) Uzbekistan 2024

    

Loyiha haqida

O‘zbekistonda «Tadbirkor ayollar akademiyasi»da (AWE 2.0) qatnashishga ariza bering!

Toshkentdagi AQSh elchixonasi Tech4Impact NNT bilan hamkorlikda yana AWE dasturini ishga tushirmoqda. Bu yil dastur Farg‘ona vodiysida faoliyat ko‘rsatuvchi 30 nafar ayol uchun o‘tkaziladi.

Tadbirkor ayollar akademiyasi – bu kichik biznes asoschilari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan noyob ta’lim va mentorlik tashabbusi. Dastur ayollarga bilim va biznesni ishga tushirish hamda uni ko‘lamlashtirish uchun zarur bo‘lgan netvorkingni beradi.

О‘zbekistonda birinchi AWE dasturi 2023-yil fevral oyida yakunlangandi, unda О‘zbekistongi birinchi Tadbirkor ayollar akademiyasini tamomlagan Farg‘ona vodiysining 25 nafar tadbirkor ayoli qatnashgandi. Tadbirkor ayollar akademiyasi (AWE) – bu AQSh hukumatining tashabbusi bo‘lib, u butun dunyodagi tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlaydi. Respublikada AWE dasturi О‘zbekistondagi AQSh elchiхonasi va Tech4Impact NNT tomonidan tashkil qilindi.


AWE asosida Arizona shtati Universitetining Thunderbird Global boshqarish maktabi tomonidan ishlab chiqilgan “100 million o‘quvchi” nomli onlayn-kurs yotadi. О‘zbekistondagi mahalliy ilg‘or biznes-etakchilar 2024-yil noyabr oyidan 2025-yil mart oyigacha bo‘lgan davrga rejalashtirilgan dasturni olib borishni yengillashtirishga yordam beradi.


Ishtirokchi ayollar AWE doirasida biznesni yuritishning asosiy ko‘nikmalarini o‘rganadi, so‘ngra biznes bo‘yicha tajribali mutaxassislar, mahalliy mentorlar va AQShda almashinuv dasturlarining bitiruvchilari bilan materialni muhokama qilish uchun guruhlarga to‘planadi.

Agar siz quyida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq bo‘lsangiz, arizalaringizni 2024-yil 20-oktyabrga qadar taqdim etishga taklif etamiz!

Qatnashish uchun mezonlar:

– Farg‘ona vodiysida yashaydigan 25-40 yoshdagi ayollar;
– Rus yoki ingliz tilini bilish;
– Kamida 1-2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan o‘z biznesiga ega bo‘lish;
– Noutbuk va internetdan erkin foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
– To‘ldirilgan ariza va motivatsion xat.

Ariza berishga havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeo9rMq0wHS_qogBn8qMZROQ7g68ZKuZEeAckb_xVahb-1zKQ/viewform?usp=sf_link

AWE dasturida qatnashish afzalliklari:

– 2021-yilda o‘tkazilgan AWE dasturini baholash ishlari (dunyoning 80 ta mamlakatida o‘tkaziladi) AWE dasturini o‘tagan ayollarning 74 foizi o‘z biznesidan oladigan daromadini oshirishini, 29 foizi esa ko‘proq ishchilar yollashini ko‘rsatdi.

– AWE dasturi ayollarning imkoniyatlarini kengaytiradi: AWE bitiruvchilarining 90 foizdan ortig‘i, kuchliroq strategik rejalashtirish va omma oldida chiqish qilish ko‘nikmalari paydo bo‘lganiga ishora qilgan holda, dastur yakunlanganidan keyin o‘zlarini dadilroq his qila boshlaganlari haqida malum qilishgan.

– Biznesni boshqarish bo‘yicha jahon darajasidagi onlayn-treninglarda hamda mahalliy biznes-etakchilar bilan mentorlik sessiyalarida qatnashish va mahaliy tadbirkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati.

– Dastur yakunlanganidan keyin ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi va ular AQShda almashinuv bitiruvchilari tarmog‘ining a’zosiga aylanishadi (bunda ularda ko‘mak tarmog‘idan, ehtimoliy boshlang‘ich moliyalashtirishdan va biznes uchun imkoniyatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi.)

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK