My Technovation Story

Proekt haqida

2017-2021 yilgi mavsumlarning Technovation Girls ishtirokchilari va mentorlari! Biz “Technovation’dan keyin” eng yaxshi hikoyasi uchun sovrinli tanlov e’lon qilamiz – My Technovation Story!

 

Oliy o’quv yurtiga o’qishga kirdingizmi? Yangi ish topdingizmi? Yangi sevimli mashg’ulotingiz bormi? Texnologiya tufayli hayotingizda biror narsa o’zgarganmi? Bu haqda videoda aytib bering va O’zbekistondagi boshqa qizlarni ilhomlantiring!

 

My Technovation Story tanlovi Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida o‘tkaziladi.

 

Tanlovda faqat 2017-2021-yillarning oldingi mavsumlaridagi qizlar va mentorlar ishtirok etishlari mumkin (Technovation’da hech qachon ishtirok etmagan yoki bu yil birinchi marta ishtirok etayotgan qizlar – siz uchun boshqa tanlovlar ham bo’ladi).

 

My Technovation Story loyihasi ishtirokchilari va murabbiylarining hikoyalari: https://tech4impact.uz/uz/programmes/my-technovation-story/videos/

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK