6-dekabr kuni Qizlar uchun IT dasturi va raqamli stajirovkalar dasturining Demo Kuni (yakuniy tadbiri) o‘tkazildi.
6-dekabr kuni Qizlar uchun IT dasturi va raqamli stajirovkalar dasturining Demo Kuni (yakuniy tadbiri) o‘tkazildi. Unda stajyorlar, mentorlar va IT, fintech hamda «green» kompaniyalarning vakillari o‘zaro tajriba almashdi va dastur haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
BMTTDning О‘zbekistondagi Doimiy vakili Akiko Fudzii va “Tech4Impact” NNT direktori Saida Yusupova tadbirni ochib berdi. Finalgacha yetib borgan 23 nafar stajyorning taqdimoti tadbirning asosiy voqeasiga aylandi. Ular o‘z loyihalari haqida va stajirovka qanday o‘tgani to‘g‘risida (batafsil ijtimoiy tarmoqlarimizdagi stajyorlarning videoroliklarida tomosha qilish mumkin) gapirib berishdi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi ish haqida takliflarni yoki uzoq muddatli stajirovkalarni o‘tash taklifini olishdi.
Ekspertlar panelli bahs-munozaralarda talabga ega ko‘nikmalarni va IT sohasidagi kasblarni muhokama qilishdi, shuningdek karуerani rivojlantirish bo‘yicha maslahatlarni berishdi. Quyidagi spikerlarga minnatdorchilik bildiramiz:
– Zarina Luxmanova (School 21),
– Temur Ibroximov (Click),
– Feruza Xamidova (AVO bank),
– Abbos Shuxratov (VRonica).
Stajyorlarga dastur yakunlangani haqidagi sertifikatlar, kompaniyalar va mentorlarga esa – tashakkurnomalar taqdim etildi.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va ushbu dastur ularning muvaffaqiyatli karуerasida ilk qadamga aylanishiga umid qilamiz!
——
Stajirovkalar dasturi О‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Tech4Impact” NNT tomonidan amalga oshirilmoqda.
Другие мероприятия
Новости по теме