3-noyabr kuni Toshkentda UniSat Stage 3 dasturining yakuniy hisobot tadbiri (Space Fest) bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochib bergan va ishtirokchilarni nanosputniklarning muvaffaqiyatli uchirilishi hamda loyihaning yakunlanishi bilan tabriklagan hamkor tashkilotlar rahbarlari:
🔹 Karimjonov Rustam Olimjonovich, Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari;
🔹 Sobirova Kamola Shavkatovna, yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi;
🔹 Rekhina Mariya Kastijo, UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari;
🔹 Saida Yusupova, Tech4Impact nodavlat tashkiloti direktori;
🔹 Mukhiddin Ibragimov, «Uzkosmos» — Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari.
Tadbirning rasmiy qismida, shuningdek, UniSat Stage 3’ning finalchilari — TOP-20 ishtirokchiga esdalik haykalchalari topshirildi.
Другие мероприятия
Новости по теме