19 Dekabr 2025
Qizlar uchun IT va raqamli stajirovkalar dasturining Demo Day’i
12-dekabr kuni Toshkentda dastur finali — Demo Day bo‘lib o‘tdi. 35 nafar stajyor Toshkent va Nukus shaharlaridagi 24 kompaniyada olib borgan ishlarining natijalarini taqdim etdilar.
Ekspertlar IT sohasidagi ko‘nikmalar, karyera yo‘llari va sun’iy intellekt imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ishtirokchilarga dastur yakunlangani haqida sertifikatlar topshirildi.
——
Stajirovka dasturi Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Новости по теме