12-dekabr kuni Toshkent shahrida qizlar uchun IT va raqamli stajirovkalar dasturining Demo Day’i (yakuniy tadbiri) bo‘lib o‘tdi.

17 Dekabr 2025

Tadbirda stajyorlar, mentorlar hamda IT, fintex va “green” kompaniyalar vakillari dastur doirasidagi tajribalari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Tadbirni BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii va Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti direktori Saida Yusupova ochib berdilar.

 

Dastur natijalari orasida:

— o‘tgan yilga nisbatan arizalar sonining 2 barobarga oshgani,

— stajyorlar va hamkor kompaniyalar sonining oshgani qayd etildi.

 

Demo Day’ning asosiy voqeasi — Toshkent va Nukus shaharlaridagi 24 kompaniyada stajirovka o‘tayotgan 35 nafar stajyorning taqdimotlari bo‘ldi.

 

Ishtirokchilarimiz uchun imkoniyatlar yaratgan kompaniyalar va mentorlarga minnatdorchilik bildiramiz!

 

Qizlar stajirovka o‘tayotgan kompaniyalar:

1uz, AICA, AKS Labs, Alif Tech, AVO bank, Better Future Group, BrandUz, Click, DE FACTO, EPAM Systems, FacturaUz, Global FinScope, GlobalMove, Green Business Innovation, IMAX, KAPITALBANK, Kundalik, School 21, SoftIT, Stemio, StoryTech, SUEZ, UzAuto Motors Powertrain, UZINFOCOM va yana ko‘plab boshqalar.

 

Panel munozarasida ekspertlar IT sohasida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar va kasblar, sun’iy intellekt imkoniyatlari, shuningdek, karyera rivoji bo‘yicha tavsiyalarni muhokama qildilar. Spikerlarga minnatdorchilik bildiramiz:

 

🔹 Doktor Anna Ubaydullayeva, Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) eksperti;

🔹 Anna Pak, Click kompaniyasining yetakchi ma’lumotlar bazasi analitigi;

🔹 Feruza Hamidova, AVO bank marketing bo‘yicha mutaxassisi;

🔹 Maksim Juikov, KAPITALBANK katta frontend dasturchisi.

 

Stajyorlarga dastur yakunlangani haqida sertifikatlar, kompaniyalar va mentorlarga esa minnatdorchilik sertifikatlari topshirildi.

 

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va ushbu stajirovka dasturi IT va STEM sohalaridagi muvaffaqiyatli karyera sari ilk qadam bo‘lishiga ishonamiz!

 


 

Stajirovka dasturi Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK