Uch kun davomida ishtirokchilar biznesni raqamlashtirish jarayonining asosiy jihatlariga chuqur kirishdi:
— raqamli tadbirkorlik asoslari va IT-yechimlarni joriy etish,
— boshqaruvda raqamli vositalardan foydalanish,
— samarali qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish,
— raqamli marketing, SMM va SEO-targ‘ibot,
— elektron tijorat va onlayn savdo,
— shuningdek, kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish.
📚 Treninglarni Tech4Impact mutaxassislari —
Alisher Yusupov, Dilrabo Ahmadaliyeva, Akmal Solihov, Diyor Mirzayev va Shodiya Ahrorova olib bordilar.
Qarshi tadbirkorlariga faol ishtiroklari, mazmunli muhokamalari va biznes uchun raqamli yechimlarga qiziqishlari uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz!