Natijalar
Dastur tadbirkor ayollar uchun bepul bo’lib, to’rt qismdan iborat:
«Yashil» texnologiyalar bo’yicha tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturi ishtirokchilari bilan video intervyu:
Tursunoy (Tina) Imamova – Zoom jurnali (Markaziy Osiyo turizmi, tarixi va madaniyati haqida) nashriyotchisi, tahririyat siyosatida “yashil” kun tartibini shakllantirish va murabbiylik haqida gapirib berdi.
Kamola Aliyeva – Urban Style kompaniyasi asoschisi va bosh direktori, Look at Me™ brendi ostida ayollar ichki kiyimlari, uyqu va uy liboslarini ishlab chiqaradi, to’qimachilik biznesining «yashil» jihati haqida gapirib berdi.
Indira Abdullaeva – IT KIDS o‘quv markazi asoschisi, «yashil» ofislar, xarajatlarni tejash va xodimlar, talabalar va o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida ekologik odatlar va «yashil» fikrlashni shakllantirishga qaratilgan ishlar haqida gapirib berdi.
Svetlana Sobirova – fermer, fermer xo‘jaligi yonida dam olish maskanini ochishni rejalashtiryapti. Intervyuda Svetlana nimaga tabiat va ekologiya uning oilasi va biznesi uchun muhimligi, loyihasini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va ona yurtining tabiatini muhofaza qilish zarurati haqida gapirib berdi.
Fotima Saparova – nukuslik tadbirkor, eko-sumka tikuvchisi. Fotimaning maqsadi – Qoraqalpog‘istonda plastik iste’molini kamaytirish va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish.
Malika Jalilova – meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanuvchi startap asoschisi. Monopozitsiyaning professional eksportchisi bo’lishni rejalashtirmoqda (gidroponik usulda yetishtirilgan qulupnay). Malika kelajakdagi rejalari va eksport qiluvchi kompaniyalar qanday qilib barqarorroq bo’lishi mumkinligi haqida so’zlab berdi.