Proekt haqida
Tech4Impact Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan yangi “O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasini boshladi. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston ayollari hududda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi o‘zlarining iqtisodiy turmushdagi ishtirokini kengaytirishi uchun ularning texnologik va tadbirkorlik salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha faolliklarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Loyiha gender tengligi bo‘yicha harakatlarni kuchaytiradi, ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlari kengayishiga hamda mahalliy manfaatdor tomonlarning Orol dengizi hududi uchun iqlim harakatlariga jalb etilishiga ko‘maklashadi, shuningdek maqsadli hududda ayollar va qizlar uchun COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.
Loyihaning muhim yondashuvi — ayollarni, texnologik tadbirkorlarni uch bosqichda qo‘llab-quvvatlash:
Dastur sayti – http://data.accelerator.uz/
Markaziy Osiyo mentorlik platformasi: https://mentoringplatform.org/
Ijtimoiy tarmoqlar:
Facebook: https://www.facebook.com/greentechwomen
Instagram: https://instagram.com/karakalpakstan_greentech
Telegram: https://t.me/greentechkarakalpakstan