Bugun, 7-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Technovation Girls Uzbekistan 2024” dasturining ochilish marosimini o‘tkazdik.

07 Fevral 2024

Bir vaqtning o‘zida ochilish marosimlari Toshkent, Andijon, Namangan, Nukus va Farg‘onada o‘tkazildi.

Boshqa barcha hududlarga onlayn-ulanish bilan o‘tkazilgan Toshkentdagi marosimda bugun quyidagilar so‘zga chiqdi:
– О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shaxlo Utkurovna Turdikulova;
– “Tech4Impact” NNT direktori va “Technovation Girls Uzbekistan” koordinatori Saida Yusupova;
– «Yandeks» kompaniyasining HR-direktori Darya Zolotuxina(Yandeks o‘z loyihalarida SI (sun’iy intellekt)dan foydalanganlik va shahar muhitining xavfsizligini oshirishgaa yo‘naltirilgaan ishlanmalar uchun maxsus nominatsiyalarni e’lon qildi);
– “Yandex” kompaniyasining mentorlari Anastasiya Chukovskaya va Darya Soy;
– “Technovation-2023” g‘olibi bo‘lgan “Tecnas” jamoasi;
– Shaxzoda Mirzaeva (Dubayda bo‘lib o‘tgan COP28 – BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferentsiyasi ishtirokchisi);
– BMTning О‘zbekistondagi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Anvar Meliboev;
– «Technovation Girls Uzbekistan” koordinatori Yelena Seleznyova;
– bizning Student Ambassadors: Gulnoza, Diyora, Dinara, Zulfiya, Kristina, Soliha, E’zoza.

Ajoyib tadbir uchun spikerlarga hamda, ayniqsa ishtirokchi qizlar va mentorlarga minnatdorchilik bildiramiz

———

2024-yilgi mavsumda “Technovation Girls Uzbekistan” dasturi “Tech4Impact” tomonidan О‘zbekiston Respublikassi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yandex texnologik kompaniyasi hamkorligida tashkil qilindi.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK