«Female Founders Across Borders» dasturining ishtirokchilari, mentorlari va koordinatorlari 24-apreldan 1-maygacha ish safari bilan Latviyada bo‘lishdi. Ushbu dastur Tech4Impact NNT tomonidan Riga Tech Girls NNT bilan hamkorlikda va Latviya Tashqi ishlar vazirligining ko‘magida amalga oshirilmoqda.

03 May 2023

25-aprel kuni FFAB dasturining finalchilari va Tech4Impact asoschilaridan iborat guruh Latviya prezidentining rasmiy qarorgohida “Ayollar – texnologik hamjamiyatda” deb nomlanuvchi tadbirda qatnashdi.
 
Tadbir STEM va startaplar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi ayollarga bag‘ishlandi, unda Latviya va Estoniyaning birinchi xonimlari – Andra Levite va Sire Karis ishtirok etdi.
 
Riga Tech Girls NNTdagi hamkasblar o‘zlarining Latviyada va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlarida amalga oshirilayotgan tashabbuslari va dasturlari haqida hamda bizning hamkorlikdagi «Female Founders Across Borders» dasturimiz haqida gapirib berishdi.
 
Tech4Impact direktori Saida Yusupova ham biz tomonimizdan O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Tech4Impact va Latviyalik sheriklarimiz o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
 
Tadbir netvorking bilan yakunlandi, biz bunday ilhomlantiruvchi texnologik va startap-hamjamiyatning bir qismiga aylanganimizdan mamnunmiz!

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK