“Yashil” texnologiyalar sohasidagi ayollar loyihalari startap akseleratorining yangi ishtirokchilari bilan mentorlik sessiyalari va seminar bo‘lib o‘tdi

20 Avgust 2022

20 avgust kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi yangi Yoshlar texnoparkida “yashil” texnologiyalar sohasidagi ayollar loyihalari startap akseleratorining yangi ishtirokchilari bilan mentorlik sessiyalari va seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Biz Nukus, Moʻynoq, Shumanay va Kegeyli ishtirokchilari bilan uchrashdik, barcha loyiha gʻoyalarini muhokama qildik, biznes modellari ustida ishlay boshladik va potentsial mijozlar bilan intervyuga tayyorgarlik koʻrdik. Intervyu savollari ro’yxatini ham tuzdik.

 

Mentorlarimiz Muxabbat Allabergenova, Ismail Asanov, Adil Kenesbaev va Nurzada Atamuratova mentorlik sessiyalarini o‘tkazib, loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

 

Barchangizga faol ishtirokingiz uchun rahmat!

 

Tadbirni tashkil etishda yordam bergan Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, Innovatsiyalar vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Kayupov Nursultan Sakenovichga minnatdorchilik bildiramiz.

 

«O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» loyihasi Tech4Impact nodavlat tashkiloti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya Jamg‘armasi (UNDEF) ko‘magida amalga oshirilmoqda.

 

 

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK