24 May 2022

Women in Tech & Science Week: My Technovation Story tanlovi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi

24-may kuni “Women in Tech & Science Week” haftaligi doirasida “My Technovation Story” video hikoyalar tanlovi ishtirokchilarini taqdirladik.

 

Tadbir Isroilning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uchrashuvga Toshkentdan ham, Farg‘ona, Andijon va Namangandan ham ishtirokchilar va mentorlar tashrif buyurishdi.

 

Technovation koordinatorlari, Saida Yusupova va Elena Selezneva, tanlov haqida so‘zlab berishdi: biz 39 ta video hikoyani qabul qildik va ishtirokchilarimiz va ustozlarimizning muvaffaqiyatini ko‘rganimizdan juda xursandmiz.

 

Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zehavit Ben Hillel o‘zining kasbiy yo‘li, diplomatlik faoliyatida duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar haqida gapirib, qizlarimizga o‘z maslahatlarini berdi.

 

Keyin biz qizlarning barcha 39 ta video hikoyalarini o’z ichiga olgan «My Technovation Story» so’nggi videosining premyerasini tomosha qildik.

 

Videoga havola: https://www.youtube.com/watch?v=1pPPm128Mlo

 

Dasturning navbatdagi bandi: Ishtirokchilar va mentorlar bilan panel muhokamasi (Technovationning roli, mentorlik va ishtirokchilarning tanlovdan keyingi yutuqlari haqida). Muhokamada qatnashganlar: Sofiya Rahimova, Mukambar Karimova, Farangiza Kenjaeva va Dilorom Akramova. Moderatorlar: Zebiniso Juraeva va Malika Ahmedova.

 

Tadbir yakunida biz Technovation mehmonlari va mentorlarini qizlar bilan o‘z hikoyalari bilan (karyerasi, IT sohasida ishlash, ta’lim, mentorlik va o’z yo’lini tanlash haqida) bo‘lishishga taklif qildik.

 

Bizning spikerlarimiz:
Inna Volfson, UNICEF O‘zbekistondagi o‘smirlar va yoshlar rivojlanishi bo‘yicha maslahatchisi
– “Technovation” mentorlari: Natalya Klimenko va Nora Rahimova

 

Tadbirning barcha ishtirokchilariga Isroil elchixonasidan sovg‘alar topshirildi, video tanlovining barcha ishtirokchilariga esa “Technovation»dan sovg‘a topshirildi.

 

Barcha mehmonlar, ishtirokchilar va mentorlarga rahmat! 31-may kuni Technovation Girls 2022 yakuniy tadbirida ko‘rishguncha!

 

Barcha 39 ta video hikoyalar quyidagi havolada chop etilgan: http://technovation.uz/videos_mystory

 


«Women In Tech & Science Week» Tech4Impact tomonidan hamkorlar bilan birgalikda 2019-yildan buyon o’tkazib kelinmoqda. “My Technovation Story” tanlovi va 24 may kuni boʻlib oʻtadigan tadbir Isroilning Oʻzbekistondagi elchixonasi koʻmagida oʻtkaziladi.

 

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK