14 Avgust 2021

Yangi akselerator tushirish

Tech4Impact NNT Kanadaning Mahalliy tashabbuslar fondi bilan hamkorlikda “yashil” texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ayollarning biznesini jadallashtirish dasturiga start berilgani haqida e’lon qiladi.
 
Dastur maqsadi — tadbirkor ayollarga ekspertlar ko‘magida o‘z biznesini yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishdan iborat.
 
🍀Yashil energetika, qishloq xo‘jaligi, yerdan barqaror foydalanish, suv resurslari, chiqindilarni qayta ishlash, barqaror turizm, ishlab chiqarishda CO2 tashlanishlarini qisqartirish va hokazo sohalardagi loyihalarning arizalari qabul qilinadi.
 
❇️ Ishtirokchilarni onlayn treninglar, biznesni rivojlantirish rejasini ishlab chiqishga yordam beruvchi biznes sohasining mentorlari bilan individual ishlar, tog‘li dam olish zonasida seminarlar (tashkilotchilar hisobidan) hamda tadbirkor ayollar haqidagi qisqa metrajli filmni tasvirga olish ishlari kutmoqda.
 
❗️Arizalar faqat Toshkent va Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysida (Andijon, Namangan, Farg‘ona) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkor ayollardan qabul qilinadi. Ariza beruvchi ayollar startaplarning asoschilari va/yoki rahbarlari bo‘lishi zarur. Kompaniyada tayyor mahsulot / xizmat mavjud bo‘lishi kerak, “biznes g‘oya” bosqichidagi arizalar qabul qilinmaydi.
 
Dasturda qatnashish bepul. Arizani 20-avgustga qadar to‘ldirish lozim. Dastur tadbirlari rus va o‘zbek tillarida o‘tkaziladi.
 
➡️Arizani ushbu havola bo‘yicha bering:

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK