21 Oktyabr 2021

Vebinarimiz Feruza Bozorova, yoga bo‘yicha sertifikatga ega instruktor, ishtirokida o‘tkaziladi

Keyingi seminarimiz shanba, 23-oktabr kuni soat 15:30 da o‘tkaziladi.

Bo‘lg‘usi video-uchrashuv mavzusi bizning jismoniy va psixoemotsional sog‘lig‘imizga bag‘ishlanadi. Tadbir Yoga bo‘yicha sertifikatga ega instruktor Feruza Bozorova (yogani o‘rgatish bo‘yicha 7 yillik stajga ega) ishtirokida o‘tkaziladi.

 

Konferensiya davomida quyidagilarni o‘rganishingiz mumkin:

1. Yoga o‘zi nima va hozirgi odamlarga nima uchun kerak?

2. Asabiy zo‘riqish paytida va stress holatida nafas olish mashqlari yordamida o‘zimizga qanday yordam berishimiz mumkin?

3. Muhim ishdan ikki soniya oldin kuchli hayajonni qanday bartaraf etish mumkin?

4. Umumiy jismoniy holatni yaxshilashga va to‘planib qolgan zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beruvchi stulda o‘tirgan holda bajariladigan bo‘g‘imlar uchun yoga mashqi yordamida badanning chigilini yozish.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK