21 Dekabr 2021

20 dekabr kuni UniSat ishtirokchilari Rossiyalik taniqli olimlar va kosmonavtikaning ommalashtiruvchilari Anastasiya Stepanova va Vitaliy Yegorovlar bilan uchrashdilar

Anastasiya Toshkentda tugʻilib o’sgan, keyin esa oʻqish uchun Moskvaga jo’nab ketgan. SIRIUS19 va Mars 160 xalqaro kosmik loyihalari ishtirokchisi bo’lib, u o‘z misolida O‘zbekistonlik qizlar ham kosmik dasturlarga kirishi mumkinligini isbotlamoqda, albatta agar bu maqsad ular uchun haqiqatan ham muhim bo‘lsa.

 

Anastasiya ushbu missiyalar doirasida amalga oshirgan murakkab ilmiy tajribalari, vaznsizlik, koinot va izolyatsiyaning inson salomatligiga taʼsiri, koinotga parvoz qilish bo’yicha orzulari va rejalari haqida batafsil gapirib berdi.

 

Vitaliy kichik sun’iy yo’ldoshlar (kubsatlar, nanosatlar) bo’yicha sessiya o’tkazdi, kubsatlarning qanday yig’ilishi, ular koinotga qanday uchirilishi va sun’iy yo’ldoshlar fan va biznes uchun qanday ma’lumotlarni to’plashi mumkinligini haqida so’zladi va ko’rsatib berdi.

 

Uchrashuv ishtirokchilari Marsga parvozlar, nanosun’iy yo‘ldoshlar ishi, astronomiya va kosmik tadqiqotlar haqida ko‘plab qiziqarli savollar berishdi. Eng yaxshi savollar mualliflari (mehmonlarimizning fikriga ko’ra) UniSat dasturidan sovg’alarga ega bo’lishdi.

 

«Juda qiziqarli va ilhomlantiruvchi hikoyalar bo’ldi – ular o’z maqsadiga erishish yo’lidagi fidoyiliklari bilan hayratlansa bo’ladi. Endi bu insonlar men uchun mehnatsevarlik va o’z kasbiga muhabbat namunasidir»
– UniSat dasturi ishtirokchisi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK