UniSat 2.0 butkempining ikkinchi kuni
TOP-20 ishtirokchilari 8 ta jamoaga bo‘lingan bo‘lib, har bir jamoa o‘z vazifasi ustida ishlamoqda.
1. Ma’lumotlar tahlili
2. 3D modellashtirish
3. Foydali yuklama
4. Yig‘ish
5. Video
6. Yer usti stansiyasi
7. Parvozga tayyorgarlik
8. Natijalar taqdimoti
Shuningdek foydali yuklama modulining jamoasi kubsat uchiriladigan balandlikda allergiyani keltirib chiqaradigan gul changi bor-yo‘ligini tadqiq qilish bo‘yicha birgalikda tajriba o‘tkazish uchun Ilg‘or texnologiyalar markazining olimlari bilan uchrashdi.
Jamoa bilan birga ishlayotgan olimlar:
-To‘rabek Shodmonov, Xalqaro molekulyar allergologiya markazining Aerobiologiya bo‘limi boshlig‘i;
-Yuliya Levitskaya, Ilg‘or texnologiyalar markazining ilmiy kotibi, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Molekulyar allergologiya innovatsiyalari laboratoriyasining ilmiy kotibi.
Jamoalar yana uch kun davomida tajribalar o‘tkazadi va nanosun’iy yo‘ldoshni uchirishga tayyorgarlik ko‘radi.
Другие мероприятия
Новости по теме