6-mart kuni Green Business konferensiyasi doirasida Nukus shahrida dastur steykxolderlari

11 Mart 2023

6-mart kuni Green Business konferensiyasi doirasida Nukus shahrida dastur steykxolderlari (shu jumladan, davlat organlari, moliya tashkilotlari, NNT, universitetlar, startaplar, ilm-fan vakillari) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida “yashil” texnologiyalar sohasida tadbirkor ayollarning muammolari va ular uchun imkoniyatlar haqida muhokama o‘tkazildi.

Barcha ishtirokchilar va mehmonlar 4 guruhga ajratildi.

Guruhlarda muhokama qilingan savollar:

✅ Tadbirkor ayollarda biznesni tashkil qilish va rivojlantirish borasida qanday qiyinchiliklar mavjud?

✅ Nega hozircha Qoraqalpog‘istonda “yashil” texnologiyalar sohasidagi startaplar kam?

✅ Qoraqalpog‘istonda “yashil” tadbirkorlik uchun biznes-muhitni yaxshilash maqsadida qanday harakatlarni amalga oshirishimiz mumkin?

Faol o‘zaro fikr-mulohazalar almashinuvi uchun barchaga minnatdorchilik bildiramiz!

Biz to‘plangan fikr-mulohazalar tahlilini o‘tkazamiz va tez orada loyihaning data.accelerator.uz saytida shu mavzudagi infografikani chop etamiz.

 

 

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK