Nukusda Green Business konferensiyasi va ayollar biznes-loyihalari startap-akselertorining Demo Kuni o‘tkaziladi.

23 Fevral 2023

🤝 6-mart kuni sizlarni “O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasining yakuniy konferensiyasiga taklif etamiz.
🔻Konferensiya dasturida:
🔹 Loyihamizning 2 yillik faoliyati natijalari;
🔹 Startap-akselerator 2-qabulining Demo Kuni (7 nafar ishtirokchi o‘z startap-loyihasini taqdim etadi, 3 ta startap 2 000 AQSh dollari miqdorida grant olishi mumkin;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Bishkeklik tadbirkor ayollarning chiqishlari;
🔹 Davlat organlari, moliyaviy institutlar, biznes, vakillari, mentorlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayollar startaplarini rivojlantirish to‘g‘risida bahs-munozaralar;

🔔 O‘tkazilish sanasi va joyi: 2023-yil 6-mart, Nukus, Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik.
⏳ Tadbirning boshlanishi — 09:30.

🎁 Tadbir mehmonlarini sovg‘alar, qahva-breyk va tushlik kutadi.

Qatnashish uchun ushbu havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSezTdu-fcpGw6LwcmefPutbUbmY9BBdmjailrHNjqtvrOFRTQ/viewform

————

“O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasi Tech4Impact tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK