Andijonda raqamli tadbirkorlik bo‘yicha treninglar yakunlandi!
22-26 oktyabr kunlari Andijonda biznesni rivojlantirish uchun raqamli ko‘nikmalar va vositalarni o‘zlashtirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan DIGITAL4BUSINESS jadal treninglari o‘tkazildi.
Ishtirokchilar quyidagi mavzular bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi:
– Raqamli tadbirkorlik
– Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda biznesni boshqarish
– Samarqali qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish
– Raqamli marketing,SMM va SEO-optimizatsiya
– Elektron tijorat va onlayn-savdolar
– Tadbirkorlar uchun kiberxavfsizlik asoslari
Tech4Impact trenerlari — Alisher Yusupov, Sevara Aliуeva, Akmal Salixov, Diyora Usmonova, Nargiza No‘monjonova, Saloxiddin Turg‘unov, Jo‘rabek Xolboуev, Sirojiddin No‘monov va Ulug‘bek Boqijonov — amaliyo keyslar bilan o‘rtoqlashdilar, ishtirokchilar esa yangi bilimlarni o‘z bizneslariga nisbatan qo‘llagan holda topshiriqlarni muhokama qildilar.
Ko‘rsatgan ishtiyoqi va faolligi uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!
——
Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘istonda raqamli tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha treninglar O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Tech4Impact” NNT tomonidan o‘tkazilmoqda
Другие мероприятия
Новости по теме