Bugun, UniSat 2.0 Butkempining uchinchi kunida, har bir sektor o‘z ixtisosligi doirasida sprintlar bo‘yicha ish bilan shug‘ullandi.

10 May 2023

Biomaterialni uchirish uchun tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi guruhlardan biri laboratoriyada Xalqaro molekulyar allergologiya markazining aerobiologiya bo‘limi boshlig‘i To‘rabek Shodmonov bilan birga tajribalar o‘tkazdi. Qizlar stratosferaga mog‘orni (Botrytis cinerea) uchirishga qaror qilishdi, chunki avvalgi hisobotlar biomaterialning ushbu turi shunday sharoitlarda jon saqlab qolishi mumkinligini ko‘rsatgandi. Bundan tashqari, jamoa mox va mog‘orli zamburug‘ning har xil turlarini o‘rganmoqda, ular Selsiy bo‘yicha 60 dan 0 darajagacha bo‘lgan turli harorat rejimlarida sinovdan o‘tkaziladi.

Ishtirokchi qizlar elektron mikroskop bilan ishlashni o‘rganib olishdi, endi ular uchirishgacha bo‘lgan muddat ichida ma’lumotlarni to‘playdi hamda kubsat yerga qo‘nganidan keyin materialni o‘rganadi. Shuningdek, radiatsiya ta’sirini o‘rganish maqsadida g‘o‘za, mosh va loviya urug‘lari ham uchiriladi, urug‘lar qaytib tushganidan keyin o‘rganish uchun Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyasida ekiladi.

Parvozni va yerga qo‘nishni prognozlash sektori Navoiy aeroporti doirasida kubsat yerga qo‘nishi va navigatsiyasi hamda havo kemalarining harakati uchun ehtimoliy to‘siqlar bo‘yicha turli stsenariylarni o‘rganish bilan shug‘ullandi. Lokatsiya, parvoz balandligi, uchish vaqti va shamol yo‘nalishi bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirildi. Jamoa keyingi kuni kubsatni uchirish bo‘yicha barcha boshlang‘ich ma’lumotlarga aniqlik kiritish uchun IIB mutaxassisi bilan konsultatsiyalarni rejalashtirmoqda.

Korpus va 3D-modellashtirish sektori prototip uchun korpus yaratdi, endi 3D-printerda barcha detallarni chiqarish kutilmoqda.

Havo sharini ajratish rezistorini testdan o‘tkazuvchi sektor uncha katta bo‘lmagan balandlikda osilgan sharning to‘rtta testini o‘tkazdi. Unga ko‘ra kubsat shar ajralgani haqida signal olishi kerak, har bir test sinovidan keyin jamoa xatolarni aniqlab, ularni bartaraf etdi. Ajralish bo‘yicha tajriba muvaffaqiyatli o‘tdi!

Ajoyib ishi uchun butkemp ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiramiz!

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK