Mentorning jamoa bilan ishlashi, jamoani shakllantirish, SMART-maqsadlarni qo‘yish
Qoraqalpog‘istonda mentorlar tayyorlash bo‘yicha dastur doirasida o‘tkaziladigan uchinchi seminarimiz mavzusi:
Mentorning jamoa bilan ishlashi, jamoani shakllantirish, SMART-maqsadlarni qo‘yish
Spikerlar:
✳️ Nora Raximova — reklama, marketing, tijorat aviatsiyasi, turizm, logistika sohalarida 27 yildan ortiq ish tajribasiga ega tadbirkor, mentor
✳️ Giselle Beatrice Sonfack (Kamerun)— Fransiyadagi Orlean Politexnika Universitetining ilmiy xodimi, fizika bo‘yicha PhD unvoniga ega. Kamerunda tiklanadigan energiya manbalari sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniya rahbari. Shu sohaga ko‘proq qizlarni jalb etish uchun “Ayollar muhandislik ishida va texnologiyalarda” tashkilotiga asos solgan.
Seminar juma kuni soat 16:30 da o‘tkaziladi, Zoom-havolani mentorlar guruhiga yuboramiz.
Другие мероприятия
Новости по теме