UNICEF, Tech4Impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qizlar uchun UniSat xalqaro ta’lim dasturini rasman ishga tushirdi

02 Noyabr 2021

O‘zbekistonlik qizlar xalqaro ta’lim dasturi doirasida nano sun’iy yo‘ldoshni yig‘ib, samoga uchiradilar!

TOSHKENT, 2021 yil 2-noyabr – UNICEF, Tech4Impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM – Science, Technology, Engineering and Mathematics) sohalariga qiziquvchi qizlar uchun UniSat xalqaro ta’lim dasturini rasman ishga tushirdi. Qizlarning kosmik tadqiqotlarga qiziqishini oshirishga qaratilgan ushbu dastur UNICEFning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi vakolatxonalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

 

“Dunyoning boshqa mamlakatlarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham turli sabablarga koʻra oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida kompyuter savodxonligi, texnik taʼlim va kasb-hunar boʻyicha sezilarli farq saqlanib qolmoqda. UniSat ta’lim dasturi bu tafovutni qisqartirishga, qizlarni tegishli fan va texnologiyalarga rag’batlantirib, tegishli ko’nikmalariga ega bo’lishlariga yordam beradi», dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. “UniSat O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida texnologik sohalarda gender masalasiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratishga yordam beradi”, deya ta’kidladi u.

 

Dastur davomida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tanlovdan o‘tgan 15-24 yoshli qizlar dasturlash va muhandislik bo‘yicha bilimlarini oshirish, shuningdek, jamoada ishlash va loyihalarni boshqarish ko‘nikmalarini yaxshilash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Ishtirokchilar nano sun’iy yo‘ldoshni loyihalashtirib uni yig‘adilar hamda stratosferaga uchiradilar. Bunda qizlarga professional muhandislar va dasturchilar jamoasi yordam beradi.

 

“Innovatsion rivojlanish vazirligi UniSat dasturini qo‘llab-quvvatlashdan mamnun. O‘zbekiston qizlari ilm-fan, muhandislik va ilg’or texnologiyalar sohasida rivojlanish uchun katta salohiyatga ega va biz qizlarni nanosun’iy yo’ldoshni uchirishda o’z kuchlarini sinab ko’rishga taklif qilamiz”, dedi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova. “Vazirlikda nano sun’iy yo‘ldoshlarni loyihalash va yig‘ish uchun barcha shart-sharoitga ega laboratoriya mavjud bo‘lib, vazirlik eshiklari yoshlar uchun doim ochiq. Ehtimol, STEM sohalari sizning kelajakdagi kasbingizga aylanadi!”

 

O‘quv dasturining yakuniy bosqichida nano sun’iy yo‘ldoshni yig‘ish uchun uchta respublikadan qizlar Alamtidagi Al-Farobiy nomli institutda yig‘iladilar. Nano sun’iy yo‘ldoshni O‘zbekistonda uchirish 2022 yil 12-aprelga rejalashtirilgan. Qizlarning o‘zlari parvoz rejasini tuzib, aeronavigatsiya xizmati mutaxassislari nazorati ostida nano sun’iy yo‘ldoshni O‘zbekistondagi maydondan uchiradilar.

 

Ishlab chiqilgan va stratosferaga uchirilgan nano sun’iy yo‘ldosh qizlarga Yer va yulduzlarning yuqori aniqlikdagi suratlarini olish imkonini beradi. O’rnatilgan sensorlar kelajakda ilmiy tadqiqotlar uchun foydali bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni to’playdi.

 

“Biz hamkorlar bilan O‘zbekistonda qizlar uchun shunday noyob dasturni yo‘lga qo‘yganimizdan mamnunmiz” dedi Tech4Impact nodavlat tashkiloti rahbari Saida Yusupova. “UniSat dasturida ishtirok etish qizlar uchun STEM sohasida yangi bilimlarga ega boʻlish, jamoada ishlashni oʻrganish, koinot va sunʼiy yoʻldoshlar haqida koʻproq maʼlumot olish, Oʻzbekistonning va dunyoning eng yaxshi universitetlariga o’qishga kirish uchun darsdan tashqari mashgʻulotlarda tajriba orttirish, kosmos va muhandislik sohasidagi mashhur ayollar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir. UniSat dasturiga roʻyxatdan oʻtish 10-noyabrgacha davom etadi va barcha STEM fanlariga qiziquvchi qizlarni roʻyxatdan oʻtishga taklif qilamiz!”

 

Ommaviy axborot vositalari murojaat qilishlari uchun kontaktlar:

 

Nazokat Abduqunduzova

O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi

Matbuon kotibi

Telefon: 99899 302 26 00

El.pochta: n.abduqunduzova@mininnovation.uz

 

Elena Selezneva

Tech4Impact NNT

Loyihalar bo’yicha menejer

Telefon: 99890 989 72 58

El. pochta: info@tech4impact.uz

 

Inna Volfson

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Yoshlar va o’smirlar rivojlanishi bo’yicha maslahatchi

Tel. +998935055256

El.pochta: mailto:iwolfson@unicef.org

Nargiza Egamberdiyeva

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʼyicha maslahatchi

Telefon: 99893 380 34 19

El.pochta: negamberdieva@unicef.org

 

 

Dasturning rasmiy sayti: http://www.unisat.uz/

 

Ochilish marosimidan fotoreportaj:

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK