12-mart kuni Nukusda O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va yashil texnologiyalar sohasida ish olib borayotgan ayollar loyihalari uchun startap akseleratorning birinchi to‘plam Demo (namoyish) kuni bo‘lib o‘tdi

14 Mart 2022

Akseleratorimiz 2021-yil sentabr oyida ishga tushdi va 65 ta arizadan Nukus, Moʻynoq va Qoʻngʻirot shaharlaridan 12 nafar tadbirkor ayol tanlab olindi.

 

Demo kunida 6 nafar finalchi oʻz loyihalarini taqdim etdi:

  • Aynura Iniyatova, maktab o‘qituvchisi, Mo‘ynoq shahri.
    «Mo’ynoq biogumus» loyihasi – Kaliforniya qurtlari yordamida olingan organik o’g’it.
  • Albina Sarsengaliyeva, hunarmand, Nukus-Qo‘ng‘irot shahri.
    «Albina Art» loyihasi – qayta ishlangan tabiiy jundan milliy uslubda suvenirlar ishlab chiqarish va sotish.
  • Aysulu Xalmuratova, talaba, Nukus shahri.
    «Eko-briketlar» loyihasi – yog’och qirindilaridan eko-briketlarni ishlab chiqarish va sotish (gulxan, pechka, mangal va tabiat qo’ynida dam olishga boradigan sayyohlar uchun).
  • Gulbanu Xo‘janova, talaba, Nukus shahri.
    «Gidroponika» loyihasi – Arduino tomonidan boshqariladigan intellektual gidroponik modulli tizim.
  • Gulzarxon To‘reniyozova, qishloq xo‘jaligi muhandisi, Nukus shahri.
    «Mikroko’katlar» loyihasi – mikroyashil o’simliklarni yetishtirish va sotish, ozuqa moddalariga boy ykrik o’simliklarning mini versiyalari.
  • Juldiz Abatbayeva, tadbirkor, Nukus.
    “Nukus shahridagi eko hostel” loyihasi arzon turar joy va atrof-muhit parvarishini afzal ko‘radigan sayyohlar uchun eko-hostel.

 

Tadbirning asosiy qismi loyihalar taqdimoti bo’ldi. Har bir loyihaga taqdimot uchun 5 daqiqa va hakamlar hay’ati ekspertlarining savollari uchun 5 daqiqa vaqt ajratildi.

 

Hakamlar komissiyasi ekspertlari tomonidan loyihalarni baholash mezonlari:

  • bozor / biznes salohiyati;
  • jamiyatga foyda / ish o’rinlari yaratish;
  • innovatsion / texnologik salohiyat;
  • loyihaning ekologik jihatlari / iqlimga ta’siri;
  • jamoa kompetensiyalari;
  • taqdimotning sifati.

 

Taqdimot natijalariga ko’ra hakamlar 3 ta eng yaxshi loyihani tanlab oldilar:

  • Albina Sarsengaliyeva, «Albina Art» loyihasi
  • Gulzarxan Toreniyazova, «Mikroko’katlar» loyihasi
  • Gulbanu Xo‘janova, “Gidroponika” loyihasi

 

G‘olib jamoalar o‘z biznesini rivojlantirish uchun 21,5 million so‘m sarmoya oladi.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va loyihalarni ishlab chiqishda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Loyihalarni baholagan hakamlar hay’ati ekspertlariga minnatdorchilik bildiramiz:

  • Seytova Leyli Po‘latovna, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi.
  • Baxiyeva Gulzira, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash kotibiyati mudiri.
  • Azamat Matkarimov, YeTTB Kichik biznes bo’yicha maslahat dasturi tahlilchisi.
  • Tashimova Dinora, “Xalq banki” ATB Qoraqalpog‘iston filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari.
  • Amélie Leclere, Frantsiyaning SUEZ International SAS suv texnologiyalari kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo’yicha menejeri.
  • Aizhamal Taubaldiyeva, Jipek Joli mehmonxonalar tarmog‘i menejeri.
  • Aitjanova Aziza, Texnoparkda loyihalarni taqsimlash va ularni jalb qilish bo’yicha mutaxassis.

 

May oyida biz startap akseleratorining navbatdagi ishtirokchilari toʻplamini eʼlon qilamiz, yangiliklarimizni kuzatib boring!

 

“O‘zbekistonda ayollarning yashil texnologiya startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasi Tech4Impact nodavlat tashkiloti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya Jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Tadbirni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun Qoraqalpog‘iston Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi hamda Yoshlar ishlari agentligiga minnatdorchilik bildiramiz.

 

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK