Ideathon interaktiv seminarlar seriyasi Nukusda nihoyasiga yetdi

12 Iyun 2022

Dasturning mentor va trenerlari startap akseleratori va tanlov qoidalari haqida soʻzlab berishdi.

 

Akseleratorning birinchi to‘plami finalchilari Gulzarxan Toreniyazova va Aysulu Xalmuratova o‘z loyihalari va akseleratsiya dasturi davomida olgan bilimlari haqida soʻzlab berishdi.

 

«Tezkor» mentorlik mashg‘ulotlarida tadbirning barcha ishtirokchilari o‘z loyiha g‘oyalarini taqdim etishdi va mentorlardan izohlar olishdi.

 

Startap akseleratoriga ariza topshirish uchun 30-iyungacha quyidagi havola orqali anketani to‘ldirishingiz kerakligini eslatib o‘tamiz: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSekIcke8ltL8BvqonZG-eAh9LkSDpifCXDt13yuRV2FcqfoOg/viewform

 

Tadbirlarimizni tashkil etishda ko‘rsatgan yordamlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi bo‘limi raisi Sholpan Asanovaga hamda Qoraqalpog‘istondagi Yoshlar ishlari agentligiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

 

 


 

«O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» loyihasi Tech4Impact nodavlat tashkiloti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya Jamg‘armasi (UNDEF) ko‘magida amalga oshirilmoqda.

 

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK