9-noyabr kuni Farg‘onada “Technovation Girls & Yandex Uzbekistan” xakatonini o‘tkazdik.
18 ta jamoadan 83 nafar ishtirokchi quyidagi mavzularda mobil ilovalar yoki AI qo‘llangan loyihalar g‘oyalarini va prototiplarini taqdim etdi: yo‘l harakati xavfsizligi, to‘siqsiz shahar muhiti va aqlli shahar / Smart City.
Biz 1 kun ichida ijtimoiy g‘oyalarni generatsiyalash, “Yandex” kompaniyasi О‘zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalar, ishlanmani tezlashtirish uchun qanday AI vositalaridan foydalanish mumkinligi hamda loyiha taqdimotiga va pitchingiga tayyorgarlik ko‘rish haqida bir nechta mahorat darsini tinglashga ulgurdik.
Hakamlik 2 trek bo‘yicha o‘tkazildi: yengil trek (faqat taqdimot) va murakkab trek (taqdimot + interfaol prototip).
Hakamlarning ekspert komissiyasi har bir nominatsiyada (murakkab va yengil trek) 3 ta sovrinli o‘rinni tanladi.
Xakatonning g‘olib jamoalari va ularning loyihalari:
Yengil trek:
1-o‘rin – UNITTeam: Smart-parkovka uchun ilova. Ushbu yechim, transport tiqilinchlarini minimumga yetkazgan va bo‘sh joylarni izlashni osonlashtirgan holda, shahardagi parkovka joylarini topish va ularni boshqarishga yordam beradi.
2-o‘rin – Leaders: Avtomobillar uchun ijtimoiy servislardan foydalanishni osonlashtiruvchi haydovchilar uchun xizmatlar.
3-o‘rin – Hashtag: Odamlar va hayvonlarning xavfsizligini yaxshilash uchun yuzni, ovozlarni tanib olish, geolokatsiya va radar funktsiyalariga ega yo‘llardagi xavf-xatar haqida haydovchilarni ogohlantiruvchi ilova.
Murakkab trek:
1-o‘rin – TechTitans: Ijtimoiy tenglik va ekologiklikka yo‘naltirilgan nogironligi bor kishilar uchun teng harakatlanish sharoitlarini va xavfsiz jamoatchilik transportini ta’minlash uchun yechim.
2-o‘rin – Codewizards: Shaharda tozalikni saqlash va chiqindilarni qayta ishlashni yaxshilash uchun e-bins aqlli chiqindi baklari.
3-o‘rin – TechLeaders: Bolalar va nogironligi bor kishilarning xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tirbandliklarni va jamoatchilik transporti harakatini optimallashtirish uchun SIga ega ilova.
G‘oliblarni tabriklaymiz va ularga muvffaqiyat tilaymiz!
Tadbirni tashkillashtirgani, mentorlik va hakamlik qilgani uchun Farg‘onadagi koordinatorlarimizga, mentorlarga va hakamlarga minnatdorchilik bildiramiz, shuningdek jamoalarga xakatondagi ijodiy va ishchi muhit uchun tashakkur aytamiz.
Barcha jamoalarga omad! Qiziqarli g‘oyalarni shylab topishda va amalga oshirishda davom etavering, sizlar bilan “Technovation Girls Uzbekistan 2025” tanlovining yangi mavsumida ko‘rishamiz!
Другие мероприятия
Новости по теме