8-may kuni INNO Texnopark’da UniSat 2.0 nanosun’iy yo‘ldoshini yig‘ish va uchirish bo‘yicha Butkemp boshlandi

08 May 2023

O‘zbekistonning turli hududlaridan 20 nafar finalchi qiz dasturning final bosqichiga to‘plandi. Ishtirokchilar 4 kun ichida nanosun’iy yo‘ldoshni yig‘adi va 13-may kuni uni stratosferaga uchiradi (aeronavigatsiya xizmatlarining mutaxassislari nazorati ostida).

Butkempni:
– Munir Mamedzade, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari;
– Saida Yusupova, Tech4Impact NNT direktori;
– Firdavs Nematzoda, INNO Texnopark bosh direktorining o‘rinbosari,
ochib berishdi.

Qizlar uchun xavfsizlik qoidalari haqida inson huquqlari bo‘yicha yurist, professional mediator, Global Shapers Tashkent Hub (yoshlarning JIF loyihasi) asoschisi Dilfuza Qurolova so‘zlab berdi.

Biz texnopark bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdik va ishni boshlab yubordik: jamoalarga bo‘lindik, har bir jamoa laboratoriyalarda dasturiy ta’minotni testdan o‘tkazish bo‘yicha o‘z vazifalarini amalga oshiradi. Ishtirokchilarning hammasiga UniSat ekipirovkasi taqdim etildi. Dastur trenerlari (Nora Raximova, Eldar Appazov va Abbos Abdullayev) jamoalar bilan ishni boshlab yubordi.

Butkempni o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun INNO Texnopark’ga minnatdorchilik bildiramiz.

————-

UniSat 2.0 — bu Tech4Impact NNT, UNICEF, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar vazirligining hamkorlikdagi dasturi.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK