7-fevral kuni Andijon, Namangan, Nukus va Farg‘onada “Technovation Girls Uzbekistan” dasturi yangi mavsumining ochilish marosimi o‘tkazildi.

08 Fevral 2024

Unda ishtirokchilar va mentorlar tanlov haqiida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi va jamoalarga birlashdi.

Koordinatorlarimiz va trenerlarimiz(Barno Isomiddinova, Ziyuar Tajimuratova, Dilrabo Axmadaliyeva, Diyora Abduvaliyeva va Gulnoza Xamidova) hamda Farg‘onadagi Student Ambassadors (Muxtasar va Nozaninbegim) o‘z shaharlarida ishtirokchi qizlarni “Technovation” dasturi bilan tanishtirdilar.

Nukusda “Technovation” dasturining avvalgi mavsumlari ishtirokchisi Periyzat Kenesbayeva mehmon spiker sifatida chiqdi. Periyzat hozir Janubiy Koreyada o‘qiydi, uning namunasi – qizlar uchun ajoyib motivatsiya.

Tadbirlarni o‘tkazish uchun joy taqdim etgani uchun hamkorlarga minnatdorchilik bildiramiz!

Andijon: Xalq ta’limi tizimi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
Namangan: “Istiqbol Zamon Bolalari” maktabi;
Nukus: Yoshlar texnoparki;
Farg‘ona: IT-park, Marg‘ilon.

———
2024-yilgi mavsumda “Technovation Girls Uzbekistan” dasturi “Tech4Impact” tomonidan O‘zbekiston Respublikassi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yandex texnologik kompaniyasi hamkorligida tashkil qilindi.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK