30-oktabr — 1-noyabr kunlari Navoiy shahrida tadbirkorlar uchun DIGITAL4BUSINESS dasturi doirasida oflayn treninglar bo‘lib o‘tdi.
Uch kun davomida ishtirokchilar biznesning raqamli rivojlanishiga oid asosiy mavzularni o‘rgandilar:
— raqamli tadbirkorlik va IT yechimlarini joriy etish,
— biznesni boshqarishda raqamli vositalardan foydalanish,
— samarali qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tahlili,
— raqamli marketing, SMM va SEO,
— elektron tijorat va onlayn savdolar,
— shuningdek, kiberxavfsizlik asoslari.
📚 Treninglarni Tech4Impact ekspertlari o‘tkazdilar:
Alisher Yusupov, Dilrabo Ahmadaliyeva, Akmal Salixov, Diyor Mirzayev va Shodiya Ahrorova.
Navoiy tadbirkorlariga faol ishtiroki, qiziqarli savollari va amaliy tajriba almashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🙌
Treninglar Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan,
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda **BMT Taraqqiyot Dasturi (PROON)**ning
“Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Другие мероприятия
Новости по теме