29-30 yanvar kunlari tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturining tantanali yakuniy tadbiri bo’lib o’tdi!

31 Yanvar 2022

Dasturning yakuniy tadbiri 2022-yil 29-30-yanvar kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv maqsadi – umumlashtirish, atrof-muhitga zararlikni kamaytirishga intilayotgan tadbirkor ayollarning kelgusi faoliyati uchun motivatsiya olish va ularning biznesini ko’kalamzorlashtirish.

 

Dastur ishtirokchilari va mentorlari uchun motivatsion jamoa qurish mashg’ulotlarini o’tkazish uchun trenerlar taklif etildi: professor Alisher Fayzullaev va Nailya Vagizova.

 

Alohida sessiya «yashil» texnologiyalar bo’yicha ekspertlarning, Ozoda Ismailova va Murod Nasyrov, taqdimotlariga bag’ishlandi.

 

Tadbir soʻngida sertifikatlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi va barcha ishtirokchilar mentorlik dasturimiz davomida erishgan natijalari bilan oʻrtoqlashdilar.

 

Mentorlar va ishtirokchilarimizga faol ishlari va bizneslariga “yashil” amaliyotni joriy etish bo‘yicha birinchi qadamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

“Mentorlik, biznesni rivojlantirish va yashil texnologiyalar sohasida ayollar tadbirkorligini jadallashtirish” dasturi Tech4Impact NNT Kanadaning Mahalliy tashabbuslar fondi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK