18-noyabr kuni Nukusda «Yoshlar texnoparki» bilan hamkorlikda “Technovation Girls & Yandex Go” xakatonini o‘tkazdik.

20 Noyabr 2023

Unda 13 ta jamoa 2 ta mavzuda mobil ilovalar yoki AI dan foydalangan holda ishlab chiqilgan loyihalar g‘oyalarini va prototiplarini taqdim etdi. Bular yo‘l harakati xavfsizligi va to‘siqsiz shahar muhiti mavzularidir.

Biz 1 kun ichida ijtimoiy g‘oyalarni generatsiyalash, ishlab chiqishni tezlashtirish uchun AI dan foydalanish, “Yandex Go” kompaniyasining taksida va yo‘llarda xavfsizlik texnologiyalari bo‘yicha bir nechta mahorat darslarini tinglashga ulgurdik. Jamoalar taqdimotlar va interfaol prototiplarni tayyorlashdi.

Hakamlik 2 ta trek bo‘yicha amalga oshirildi: yengil trek (faqat taqdimotlar) va murakkab trek (taqdimot + interfaol prototip).

Jamoalar bolalarni YHQga o‘rgatish, haydovchilar uchun community va marketpleys, yo‘llarda YTHni kamaytirish, yo‘llarni ta’mirlash maqsadida haydovchilar va hokimliklar orasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish (“open budget” orqali) bo‘yicha mobil ilovalar, marshrutkalar yo‘lovchilari va haydovchilari uchun ilova, uzoqqa masofalarga yuruvchi haydovchilar uchun bilaguzuk, ko‘zi ojiz kishilar shahar bo‘ylab harakatlanishi uchun datchiklarga ega hassa, nogironligi bor kishilar harakatlanishi uchun safarlar va taksi ilovalari, taksi haydovchilari qoidalarga rioya qilishi va intizomli bo‘lishi uchun ilovalar, avtomobillarga datchiklar o‘rnatish (YHQga rioya qilish uchun) g‘oyalari va boshqa ko‘plab qiziqarli g‘oyalarni o‘ylab topishdi.

Ekspertlar iborat hakamlar har bir nominatsiyada (murakkab va yengil trek) 4 ta sovrinli o‘rinni tanladi

Xakatonning g‘olib jamoalari:
Yengil trek:
– ACHIEVERS
– ALPHA
– EVOLUTION
– KIYMESHEK

Murakkab trek:
– INTUZA
– NE DOMA
– VACATION
– INNOVISION

Xakatonni o‘tkazishda bergan ko‘magi uchun hakamlarga va “Nukus Yoshlar Texnoparki”ga, ko‘rsatgan yordami va a’lo darajadagi tashkiliy ishlari uchun “Technovation” dasturining Nukusdagi koordinatori Ziyuar Tajimuratovaga hamda xakatondagi ijodiy va ishchi muhit uchun jamoalarimizga minnatdorchilik bildiramiz

Barcha jamoalarga omad tilaymiz, o‘ylab tasavvur qilishdan hamda qiziqarli g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishdan charchamanglar, sizlar bilan “Technovation Girls Uzbekistan 2024” dasturining yangi mavsumida ko‘rishamiz!

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK