18-noyabr kuni “Technovation Girls” va “Yandex Go” 15-25 yoshli yigit va qizlarni Nukusda o‘tkaziladigan xakatonga taklif etadi!

30 Oktyabr 2023

Xakaton — bu qisqa muddatda qiziqarli IT-echimlar o‘ylab topiladigan jamoaviy musobaqa.

Xakaton soat 09:00 dan 18:30 gacha Nukusdagi Yoshlar Texnoparkida o‘tkaziladi. G‘oliblarni sovrinlar kutadi!

Xakatonda qatnashar ekansiz, siz o‘z portfoliongizga ajoyib keyslarni qo‘shasiz, fikrdoshlaringiz bilan tanishasiz va o‘z kuchingizni real vazifalarda sinab ko‘rasiz. Shuningdek, barcha ishtirokchilar qatnashganlik haqida sertifikatga ega bo‘ladi.

Xakaton 2 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: dasturiy yechimlar va taqdimotning no-code (dasturlashsiz).

Jamoada 5 kishigacha qatnashishi mumkin. O‘z jamoangizni oldindan to‘plang yoki xakaton kuni ertalab jamoalarga birlashing. Xakaton mavzusini tadbir o‘tkaziladigan kuni e’lon qilamiz.

Ishtirokchilarning maksimal soni — 50 kishi (10 ta jamoa).

Bu muhim: har bir jamoada kamida 1 ta noutbuk bo‘lishi kerak (jamoada 2-3 ta noutbuk bo‘lsa, yanada yaxshi).

Xakaton “Technovation Girls” dasturi doirasida o‘tkaziladi, jamoalarda qizlar ham, yigitlar ham qatnashishi mumkin.

Xakatonda qatnashish — faqat ro‘yxatdan o‘tish orqali. 10 noyabrgacha (shu sanani ham o‘z ichiga olgan holda) ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Ushbu havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘ting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdmOU1MMWva2qZpEF8v93efxMIfl8_5QeSn_hvaPSzRDVDbcg/viewform?usp=sf_link

———

2023-yil mavsumida “Technovation Girls Uzbekistan” dasturi Tech4Impact NNT tomonidan O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish agentligi va Yandex Go onlayn-servisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK