12-fevral kuni Nukusda 15 ta jamoa uchun Ideation Bootcamp o‘tkazildi. 

15 Fevral 2023

12-fevral kuni Nukusda 15 ta jamoa uchun Ideation Bootcamp o‘tkazildi. 

Ishtirokchilar g‘oyalar breynstormingi usullari, hamjamiyatlarda ijtimoiy muammolarni aniqlash, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari va mobil telefonlar funksiyalari haqida bilib olishdi.

Mobil ilovalar va sun’iy intellekt yordamida muammolarni hal qilish variantlari bo‘yicha ko‘plab g‘oyalar yangradi. Shuningdek biz eng yaxshi fotosurat tanlovida qatnashgan ishtirokchilarni va o‘z maktablarida Technovation haqida taqdimot o‘tkazgan ishtirokchilarni taqdirladik.

Jamoalarni shakllantirish bo‘yicha faolliklar doirasida Marshmallow challenge quvnoq o‘yinini o‘tkazdik, unda ko‘plab jamoalar ajoyib natijalarga erishdi.

Nukusdan fotohisobotni yuboramiz. O’zingizni fotosuratlarda izlang! Tadbirni tashkillashtirishda bergan yordami uchun Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlikka minnatdorchilik bildiramiz.

——

2023-yil mavsumida Technovation Girls Uzbekistan dasturi Tech4Impact NNT tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi va Yandex Go onlayn-servisi hamkorligida tashkil etildi.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK