26-28 aprel kunlari Tech4Impact delegatsiyasi Latviyada Boltiqbo‘yi davlatlarining texnologiyalar va startaplar sohasidagi asosiy tadbiri – TechChill konferensiyasida qatnashdi.

04 May 2023

Ushbu imkoniyat Tech4Impact va Riga Tech Girls nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Latviya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkil qilingan «Ayollar – chegarasiz asoschilar» dasturining bir qismi hisoblanadi.

 

O‘zbekistonlik startaplarning asoschilari va mentorlari, Female Founders across Borders dasturining finalchilari quyidagi sessiyalarda qatnashdilar:
– Startaplarni ko‘lamlashtirish, yetakchilik va startaplar jamoalarining o‘sishi, iqlim texnologiyalari sohasidagi startaplarni moliyalashtirish imkoniyatlari, impakt-investitsiyalar, FemTech sohasidagi loyihalar uchun qiyinchiliklar, venchur fondlar uchun moliyaviy hujjatlarni tayyorlash, ilmiy startaplarni tijoratlashtirish, texnologik hamjamiyatni rivojlantirish hamda Latviya hukumati qanday qilib startaplar bilan ishlashi haqida panelli munozaralar;
– Startaplar pitchlari;
– Mijozlarni jalb qilish, startaplarning OAV bilan muloqoti, startaplar uchun metrikalar bo‘yicha mahorat darslari va h.k.;
– Startaplar jamoalari, spikerlar, startap-ekotizimlarni rivojlantirayotgan kompaniyalar, Boltiqbo‘yi davlatlari, Skandinaviya mamlakatlari, Isroilda faoliyat yurituvchi NNTlar bilan netvorking ham konferensiyaning muhim qismiga aylandi.

 

Bu startaplarimiz asoschilariga (Toshkent va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan) yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, qiziqarli loyihalar bilan tanishish hamda boshqa mamlakatlarda yirik texnologik konferensiyalar qanday tashkillashtirilishini bilib olish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK