07 Dekabr 2021

“Oʻzbekkosmos” agentligi vakili bilan onlayn uchrashuv

9-dekabr (payshanba kuni) soat 18:00 da “Oʻzbekkosmos” agentligi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi) vakili bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtadi.

 

Ma’ruzachi: Muxitdin Ibragimov, geoaxborot texnologiyalari va navigatsiya boshqarmasi boshlig‘i.

 

Siz bilib olasiz:

  • “O‘zbekkosmos” agentligi qanday loyihalar bilan shug‘ullanadi;
  • 2022-yilda koinot bilan bog‘liq qanday kasblarga talab yuqori bo‘ladi;
  • “O‘zbekkosmos” qanday martaba istiqbollarini taklif etadi;
  • agentlik sun’iy yo’ldoshlar va sun’iy yo’ldosh ma’lumotlari bilan qanday ishlaydi;
  • O‘zbekistonda qanday kosmik texnologiyalar qo‘llanilishi mumkin.

 

Vebinar ikki tilda tashkil etiladi. Agar siz kosmik industriyaning bir qismi bo’lishni orzu qilsangiz, bizning mutaxassisimizga savollaringizni tayyorlang.

 

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK