Tanlovdan o‘tgan ishtirokchilar biriktirilgan mentorlar bilan ishlashni boshladilar. Ikki oy davomida mentorlar ishtirokchilar bilan ishlab chiqilgan mentorlik loyihasi va belgilangan biznes maqsadlariga erishish ustida ishlaydilar.
Mutaxassislarimizni taqdim etamiz:
- Narmina Akramova – Textile Control bo‘limi boshlig‘i;
- Mixail Shamshidov – xalqaro ekspert, trener va Ipak yo‘li mamlakatlarida turizm bo‘yicha maslahatchi;
- Nora Rahimova – reklama, marketing, tijorat aviatsiyasi, turizm, logistika sohalarida 27 yildan ortiq ish tajribasiga ega tadbirkor, mentor;
- Adel Engalichev – «Biokimyoviy nazorat» rahbari, Bionovatic Food loyihasi;
- Saida Yusupova – Green Business Innovation konpaniyasi asoschisi, innovatsiyalar va «yashil» texnologiyalar sohasida mutaxassis;
- Murad Nasyrov – ekolog, O‘zbekiston Xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasida marketing bo‘limi boshlig‘i.