04 Noyabr 2021

Tematik seminarlardan – individual mentorlik sessiyalarga o‘tamiz

«Yashil» texnologiyalar asosida ishlaydigan tadbirkor ayollar biznesini jadallashtirish maqsadida dasturimizda tematik seminarlardan individual mentorlik sessiyalarga o‘tamiz.

 

Dasturning ushbu bosqichi uchun 8 nafar ishtirokchi tanlab olinadi (treninglarda jami 17 nafar tadbirkor ayol ishtirok etdi).

 

Mentorlik sessiyalari uchun 8 nafar ishtirokchini tanlash mezonlari:

  • seminarlarda muntazam qatnashish;
  • dastur muddatida biznes ravnaqi uchun aniq maqsadlarga ega bo’lish;
  • biznes maqsadlarini ekologik komponent nuqtai nazaridan tushunish va biznesning iqlim o’zgarishiga ta’sirini kamaytirish;
  • tashkilotchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish.

 

Ertaga, mentorlar bilan maslahatlashgan holda, mentorlik sessiyalariga saralash mezonlariga javob beruvchi 8 nafar ishtirokchini e’lon qilamiz.

 

Noyabr-dekabr oylarida bir nechta seminarlar ham bo’lib o’tadi, ularga dasturning barcha ishtirokchilarini taklif qilamiz.


 

Treninglar va murabbiylik sessiyalari Kanada Mahalliy Tashabbuslar Jamg’armasi bilan hamkorlikda tadbirkor ayollar uchun Tech4Impact «yashil» texnologiyalar biznesini jadallashtirish dasturi doirasida o’tkaziladi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK