02 Iyun 2022
Girls in STEM Day: Celebration Event – 2022!
31-may kuni Tech4Impact NNT tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, UNICEF va O‘zbekistonda Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi ko‘magida har yili tashkil qilinadigan “Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Haftaligi doirasida Girls in STEM Day, “STEMda qizlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Qizlar uchun Technovation Girls Uzbekistan yirik xalqaro texnologik tanlovi va nanosun’iy yo‘ldoshlar bo‘yicha UniSat Uzbekistan STEM-dasturi Celebration Event final tadbirida ishtirokchi qizlar va jamoalarning mentorlari faol qatnashgan olti oylik faoliyatga yakun yasadi. Tadbir Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir mehmonlari va ishtirokchilari uchun qiziqarli dastur o‘tkazildi:
– UniSat ishtirokchilari 8-may kuni O‘zbekistonning Navoiy viloyatida uchirilgan nanosun’iy yo‘ldoshni ko‘rsatishdi va nanosun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan ma’lumotlar haqida so‘zlab berishdi. Uchrashuv qiziqarli “ilmiy detektiv” formatida bo‘lib o‘tdi.
– Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Nukusning Technovation Girls jamoalari (8-18 yoshli qizlar) o‘zlarining loyihalar ustida ishlash natijalarini namoyish qilishdi, ko‘rgazma stendlarida o‘zlarining ijtimoiy mobil ilovalarini taqdim etishdi.
Tadbirning tantanali qismida “Iqlim o‘zgarishi, texnologiyalar va qizlar uchun imkoniyatlar” mavzusidagi bahs-munozaralar doirasida mehmonlar va ishtirokchi qizlar oldida faxriy mehmonlar nutq so‘zladi, bular:
• Shaxlo Turdiqulova, Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari,
• Inqilob Tursunovna Yusupova, O‘zbekistonda Bolalar va oilani qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasining raisi,
• Munir Mamedzade, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari,
• Zeavit Ben-Xilel xonim, Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchisi,
• Sharlott Adrian, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi elchisi,
• Jusipbek Kazbekov, O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari,
• Usmon Raximjonov, BMTTDning “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni o‘zlashtirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasida raqamli tadbirkorlikni va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha menejeri,
• Saida Yusupova, Tech4Impact NNT direktori.
Keyin Technovation Uzbekistan koordinatori, ustozi va ishtirokchilari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi:
• Ozoda Ismailova, dastur koordinatori;
• Diyora Usmonova, «Blaze» jamoasining mentori,
• Zulxumor Tursunxo‘jaeva, “Tech_Angels” jamoasining ishtirokchisi,
• Sevara Umarova, HBack jamoasining ishtirokchisi.
Qizlar dasturda ishtirok etish borasidagi tajribalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
UniSat koordinatori Nora Rahimova va UniSat ishtirokchilari: Nodira Tillaeva, Kamilla Sonkina, Diyora Daminova va Sevara Abdullaeva 8-may kuni O‘zbekistonning Navoiy viloyatida uchirilgan nanosun’iy yo‘ldoshni ko‘rsatishdi va nanosun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan ma’lumotlar haqida so‘zlab berishdi. Uchrashuv qiziqarli “ilmiy detektiv” formatida bo‘lib o‘tdi.
Soʻngra, kosmik fanlar muhandis Lyubov Shlyaxtenkova UniSat ishtirokchisi Sevara Abdullaeva bilan birgalikda “Kosmik chiqindilar: orbitani kim tozalaydi?” mavzusida taqdimot oʻtkazdi.
Tadbirimiz hamkorlari tomonidan tematik nominatsiyalar bo‘yicha 10 ta Technovation Girls jamoalari taqdirlandi.
Uchrashuv tantanali bayram va Tech4Impact NNT tomonidan «Technovation Girls» dasturining BARCHA ishtirokchilari va mentorlariga sertifikatlar va sovg’alarni topshirish bilan yakunlandi!
Ushbu ajoyib kunni biz bilan baham ko’rgan barcha ishtirokchilar, murabbiylar va mehmonlarga rahmat!
Новости по теме