O’zbekistonda birinchi marta! 6-yanvar kuni «Central Asia Space Talk with Girls» muhim tadbiri bo’lib o’tadi!

02 Yanvar 2022

Norasmiy va do‘stona muhitda Markaziy Osiyoning uch davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning yetakchi qizlari bilan uchrashamiz.

 

Uchrashuv dasturiga quyidagilar kiradi:

  • Markaziy Osiyoning uchta davlatidan UniSat ishtirokchilari bilan muloqot.
  • Back to the Future: mamlakatlarimiz global kosmik sanoatiga qanday hissa qo’shgani haqida muhokamalar.
  • Keyslar namoyishi. Elektronikani miniatyuralashtirish va nano sun’iy yo’ldishlarni rivojlantirish. Tibbiyot va biotexnologiya sohasidagi dolzarb kosmik tadqiqotlar.
  • Markaziy Osiyoda STEM sohasida gender tengligi.

 

Qozog‘istonlik ishtirokchilar o‘tgan yili nano sun’iy yo‘ldoshni qanday uchirgani haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar, Qirg‘izistonlik qizlar esa bir necha yil avval Qirg‘iziston kosmik dasturini qanday o‘ylab topganliklari, hozir esa sun’iy yo‘ldoshni qurish va uchirishni rejalashtirayotganliklari haqida aytib berishadi.

 

Sizni ajoyib hikoyalar, tanishuvlar, sovg’alar va unutilmas tuyg’ular kutmoqda!

 

Yilingizni yangi imkoniyatlar va yutuqlar bilan boshlang! Birinchilardan bo’ling, 6-yanvar payshanba kuni soat 16:00 da biz bilan bo’ling!

 

Central Asia Space Talk with Girls O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik yosh qizlar uchun STEAM dasturida kosmik fanlar va martabalarni ommalashtirish maqsadida o‘tkaziladi.

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK