Toshkentdagi Technovation jamoalari, diqqat! Silikon vodiysidan (AQSh) mentor, Eileen Brewer, bizga tashrif buyuradi!

02 Yanvar 2022

Eileen Brewer taniqli IT-kompaniyalarda 20 yillik tajribaga ega, Techwomen dasturining mentori, Technovation va STEMda qizlar sonini ko’paytirishga qaratilgan ko’plab boshqa loyihalarning mentori va hakami.

 

2022-yil 5-yanvar kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha Eileen Ideation bo‘yicha seminar o‘tkazadi (Technovation loyihangiz uchun yaxshi g‘oyani qanday tanlash mumkin).

 

O‘zbekistondagi ko‘plab jamoalarda yaxshi g‘oya tanlashda muammo bor. Haqiqatan ham muhim muammoni qanday tanlash va qaysi g’oya odamlarga ko’proq foyda keltirishini aniqlash uchun seminarga keling.

  • Oʻtkazilish joyi: Ilgʻor Texnologiyalar Markazi (mo’ljal – ToshDU ichida, Beruniy m. Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 174-uy). Google-xaritasi: https://goo.gl/maps/geJn13LYgsm
  • Sana: 5-yanvar (chorshanba)
  • Vaqt: 15:00-17:00

 

Seminar ingliz tilida olib boriladi. Agar sizga tarjima kerak bo’lsa rus va o’zbek tillariga tarjima qilishda yordam beramiz. Jamoa bilan kelish tavsiya etiladi (bir kishi emas). Ishtirokchilar va mentorlarni kutamiz!

 

Joylar soni juda cheklangan, 50 ta arizadan so’ng ro’yxatga olishni to’xtatamiz! Iltimos, faqat albatta keladiganlar ro’yxatdan o’ting.

 

Qo’ng’iroqlar va xatlar orqali ro’yxatdan o’tish alohida tasdiqlanmaydi. Shaklni to’ldiring – keling. Seminarda qatnashish faqat ro’yxatdan o’tganlar uchun!

 

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolaga oʻting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc90LeZt8JMkA_-Ck2xiRI5V1vDHUBjolo9O2nwwIYvWYUCBw/viewform

 

Barcha savollar boʻyicha Technovation’ning Oʻzbekistondagi koordinatorlariga murojaat qiling:
Elena Selezneva +998909897257
Saida Yusupova +998903197721
Ozoda Ismailova +998935278213

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK