Green Business Platform konferensiyasi

#greenbusiness

27 Mart 2019

27-martda o‘tkazilgan “Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Markaziy Osiyo haftaligining uchinchi kuni innovatsion eko-texnologiyalar va ularda biznesning ishtirokiga, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, agrobiznes sohasidagi startaplarga hamda mahalliy va xorijiy kompaniyalarning ekologik tashabbuslariga bag‘ishlandi.

Kremniy vodiysi, Buyuk Britaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan spikerlar ishtirokidagi Green Business Platform sessiyalari MOMEM va TIQXMMIning Suv resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha innovatsion va ilmiy tadqiqotlar klasterining konferents-zalida bo‘lib o‘tdi.

Innovatsiyalar klasterining rahbari Shaxboz Axmedov Green Business Platform konferensiyasini ochar ekan, klasterning missiyasi aynan fan va olimlar tadqiqotlarining natijalarini amaliyotga tatbiq etish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdan iborat ekanligini, bu o‘tkazilayotgan tadbir mavzusi bilan hamohang ekanini ta’kidladi.

 

 

EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori  vazifasini bajaruvchi Xans-Ulrix Im o‘zining qutlov nutqida EXHT gender belgisi bo‘yicha tengsizlikni bartaraf etishga chaqirishini va ayollarni faol ijtimoiy-iqtisodiy hayotga, shu jumladan innovatsiyalar va yashil texnologiyalar sohasiga jalb etilishini olqishlashini bildirdi. Ammo bu jarayon qizlar uchun biznes ta’lim tizimini takomillashtirish, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshirish bilan birga kechishi zarur.

Barqaror rivojlanish va texnologiyalarning ekologik loyihalar uchun ahamiyati bo‘yicha bahs-munozaralarda qatnashgan ishtirokchilar tabiiy resurslar iste’moli bo‘yicha samarali amaliyotlarni muhokama qilishdi.

 

 

Letitia Maile Smith, Northgate Environmental Management kompaniyasining bosh geologi (Kaliforniya) tuproq eroziyasining kamayishiga olib keluvchi va suv barqarorligining doimiyligini ta’minlashga qaratilgan yomg‘ir suvidan foydalanish, ifloslangan oqava suvlarni tozalash bo‘yicha shtat tashabbuslari haqida gapirib berdi. Kaliforniya shtatining katta va kichik loyihalari  nafaqat davlat mablag‘lari tufayli amalga oshiriladi. Suv resurslarining foydalanuvchilari, xususan, qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari, sanoat, shtat aholisi birlashib, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan loyihalarni amalga oshiradi.

 

 

Aleksey Volkov, GEF SGP  loyihasining milliy koordinatori mamlakat fermer xo‘jaliklari darajasida tabiiy resurslardan foydalanish ustida olib borilgan kuzatuvlar bilan o‘rtoqlashdi. Cheksizday ko‘rinayotgan “bepul” suv resurslaridan nooqilona foydalanish, ularni samarsiz iste’mol qilish, oxir-oqibatda nafaqat hosil sifati va miqdorini, balki odamlarning maishiy hayot sharoitlarini ham tahdid ostiga qo‘yuvchi ekologik halokatga olib keladi. Har qanday manbadan maksimum bo‘yicha olinayotgan bir paytda suvga nisbatan iste’molchi munosabatida bo‘lish, eng avvalo, suvga va boshqa tabiiy resurslarga qiymati anglanmagan bepul resurs sifatida munosabatda bo‘lish bilan shartlangan.

Shaxboz Axmedovning qayd etishicha, tabiiy resurslarni tejamkorlik bilan iste’mol qilish masalalarni samarali hal etish uchun barcha MO mamlakatlari bilan kuchlarni birlashtirish lozim. Odamlarning tafakkurini o‘zgartirish kerak, shundagina hamma yerda tabiiy tabiat tsiklini saqlashni ko‘zda tutuvchi tabiatdan samarali foydalanish uchun innovatsion yechimlarni joriy etish imkoni paydo bo‘ladi.

 

 

Dr. Monika Tomecka, olim va tadbirkor, uFraction8 Ltd. kompaniyasining ijrochi direktori barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fanni jalb etish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi va Buyuk Britaniyada ushbu maqsad hukumat darajasida deklaratsiyalanishini bildirdi. Yangi yechimlarni izlash, innovatsiyalardan foydalanish zarur, bu tabiiy zaxiralarning nafaqat tejamkorlik bilan sarflanishini ta’minlaydi, balki kam xarajatlar bilan katta hosil olishga olib keladi.

Nazira Sherali, Palladium International Consultancy kompaniyasining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha koordinatori (Qirg‘iziston) hukumat, biznesmenlar va fan odamlari o‘rtasida foydali ma’lumotlarni almashish uchun o‘ziga xos “ko‘prik” yaratish zarurati haqida gapirib berdi. Fan va hukumat o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muammosini hal etishga ijtimoiy OAV va ijtimoiy tarmoqlarni jalb qilish samarali ish beradi.

Shuningdek munozara ishtirokchilari biznes, fan va hukumat vakillari birgalikda ishlashi uchun ochiq platforma yaratish zarurati haqida ham gapirishdi. Ushbu platforma orqali biznes “yashil” sektorga jalb etiladi, biznes muammolarini hal etish uchun innovatsiyalarni yaratish esa eng yuqori darajada quvvatlanadi.

Ekologik muammolarga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi loyihalar haqida iqlim o‘zgarishi sohasidagi startaplar haqidagi munozarada so‘z bordi.

 

 

Rekha Pai‐Kamath, Silicon Valley Social Ventures Partner, Fast Forward Board Member quyidagilarni qayd etdi: Kremniy vodiysi investorlari e’tiborni “sof” startaplarga qaratishga va tez foyda keltirishni ko‘zlamaydigan ijtimoiy loyihalarga investitsiya qilishga tayyor. Inson huquqlari, ekologik muammolarni hal etish, gender tengligiga bag‘ishlangan loyihalarga investitsiya qilishga ijtimoiy manfaat nuqtai nazaridan qaraladi, bu kelgusida qulay sharoitlarni yaratadi. “Biz sof ijtimoiy tarixga ega, “barqaror” korxonalarda ishlab chiqarilgan, bolalar mehnati qo‘llanilmaydigan, gender tengsizligi muammolari bo‘lmagan va inson huquqlariga amal qilinadigan korxonalarning mahsulotlaridan foydalanishni ma’qul ko‘ramiz”, – deydi Rekxa.

Aynura Sagin, Waste to Wealth kompaniyasining asoschisi, o‘zining chiqindilarni boshqarishga bag‘ishlangan loyihasi haqida gapirib berdi. Loyihaning maqsadi shaharni toza qilish, chiqindilar miqdorini kamaytirish, chiqindini ajratgan holda yig‘ishning madaniyatli modelini joriy etish va uni qayta ishlashni takomillashtirishdan iborat.

 

 

Catriona McGill, Desolenator  kompaniyasining “sof texnologiyalar” bo‘yicha startapini texnik rivojlantirish menejeri, 2030 yilga kelib Yer aholisining ko‘pchiligi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘lmasligiga doir BMT prognozlari haqida gapirib berdi. Catriona rivojlantirayotgan loyiha quyosh panellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, ularning yordamida sho‘r dengiz suvini chuchuklashtirish va uni odamlar iste’moli uchun yaroqli qilish mumkin.

Astana Hub International akseleratorining faoliyati haqida loyihaning yetakchi akkaunt-menejeri Malika Janibek gapirib berdi. Akselerator dasturi ekologiya sohasidagi faoliyatga qaratilgan. Akselerator talabalarga eko-texnologiyalar sohasidagi g‘oyalarini rivojlantirishga yordam bergan holda, ular bilan faol ishlaydi, akselerator bazasida “Startaplar maktabi” ish boshlagan bo‘lib, unda loyihalar bilan ish “noldan va to‘la-to‘kis” amalga oshiriladi. Mentorlik bo‘yicha dasturlar, turli ta’lim dasturlari o‘tkazilyapti, yosh startaperlar soliqlar sohasida yuridik yordam va imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Astana Hub International hukumat tomonidan moliyalashtiriladi, ekologik tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlaydigan yirik brendlar bilan hamkorlik qiladi.

 

 

Tadbirkor Nora Raximova “Yashil vektor” yoki butun dunyoda Biznes ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlay boshladi” nomli taqdimot bilan chiqdi. Yashil ofislar –inson oladigan iqtisodiy manfaat va tabiiy resurslarga tejamkor munosabatda bo‘lishni hisobga olgan holda tashkillashtirilgan eco friendly hududining real ifodasidir. Yashil ofislar binolarni issiqlik, elektr energiyasi, suv bilan ta’minlash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Bonus sifatida kompaniya, rahbariyatning tashabbuslariga munosib baho bera oladigan yosh mutaxassislar uchun qulay ish muhitini va maftunkor ish beruvchi imijini yaratish hisobidan  mahsuldorlikni

 

 

General Motors Powertrain Uzbekistan kompaniyasining ekologik tashabbuslari haqida kompaniyaning ekologiya bo‘yicha menejeri Ozoda Ismailova gapirib berdi.

GM kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi, bioxilmaxillik yo‘qolishining oldini olishga qaratilgan  maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya ekologik barqarorlikni yaxshilash uchun kundalik biznes-echimlarga ishonchli ishlab chiqarish jarayonini joriy etdi. Shuningdek kompaniya tabiatni muhofaza qilish qonunlari va qoidalariga amal qiladi hamda GM samaradorligining o‘z ekologik samaradorlik mezonlariga muvofiq bo‘lishini nazorat qilib boradi.  General Motors Powertrain Uzbekistan kompaniyasida ekologik menejment tizimi joriy etilgan bo‘lib, kompaniya aktivida suv isitish uchun quyosh kollektorlari, oqava suvlarni tozalovchi zamonaviy stansiya va atrof-muhitni saqlashga yo‘naltirilgan boshqa ko‘plab ekologik tashabbuslar mavjud.

 

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK