16-fevral kuni Toshkent shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligida Technovation Girls Uzbekistan 2026 dasturining o‘ninchi, yubiley mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi 🎉

17 Fevral 2026

Shu bilan bir vaqtda marosimlar Andijon, Qarshi, Namangan, Nukus va Farg‘onada ham o‘tkazildi — jami mamlakatning 6 hududidan qariyb 1 100 nafar qiz va mentorlar startga qo‘shildi.

 

📍Toshkentdagi ochilish marosimida quyidagilar so‘zga chiqdi:

 

🔹 Raqamli texnologiyalar vazirligining Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Alibekov jamoalar loyihalari to‘laqonli startaplarga aylanishi mumkinligini ta’kidladi va vazirlik eng istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

🔹 NNT Tech4Impact direktori va Technovation Girls Uzbekistan koordinatori Saida Yusupova loyiha 10 yildan beri qo‘llab-quvvatlab kelayotgan hamkorlarga minnatdorchilik bildirib, Technovation turli mavsumlari bitiruvchilari hikoyalari jamlangan ma’lumotlar bazasi ishga tushirilishini e’lon qildi.

🔹 Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov kompaniya uchun yoshlar va qizlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab, ishtirokchilarning g‘oyalari uni har safar ilhomlantirishini aytdi.

🔹 Yandex Uzbekistan davlat organlari bilan ishlash yo‘nalishi rahbari Rahimakhon Nugmanova dasturchilar uchun Yandex imkoniyatlari, kompaniyaning ijtimoiy va ta’lim tashabbuslari hamda Technovation Uzbekistan jamoalari uchun 4 ta maxsus mukofot nominatsiyasi haqida so‘zlab berdi. Yandex mutaxassislari yana barcha hududlardagi jamoalarga mentorlik qiladi.

 

🔹 Technovation loyihalarida AI imkoniyatlari va texnologiyalarning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liqligi mavzusidagi panel muhokamasida quyidagilar ishtirok etdi:

— O‘zbekistondagi BMT Doimiy koordinatori ofisining hamkorlik bo‘yicha mutaxassisi Selbi Xanovа

— East Games rivojlanish bo‘yicha direktori, WUIT o‘qituvchisi Akmal Salixov

— Jahon bankining raqamli rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Lyudmila Bujoryanu

Ekspertlar AI etikasi va qo‘llanilishi, shuningdek, jamoalar sun’iy intellektdan ongli va samarali foydalanishi masalalarini muhokama qildilar.

 

🔹 Technovation Girls Uzbekistan koordinatori Elena Selezneva tanlov qoidalari va bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

🔹 2023-yilgi xalqaro tanlov g‘olibi Tecnas jamoasi va Student Ambassador Zebiniso Jurayeva Technovation’dan keyingi yutuqlari bilan o‘rtoqlashib, qizlarni STEM yo‘nalishida ta’limni davom ettirish va karyera qurishga ilhomlantirdi.

 

Technovation — bu faqat dasturlash emas. Dizaynerlar, loyiha menejerlari, marketologlar, ma’lumotlar bo‘yicha mutaxassislar va boshqa ko‘plab yo‘nalish vakillari ham ishtirokdan foyda oladi.

 

Shuningdek, hali jamoaga ega bo‘lmagan ishtirokchi va mentorlar uchun timbilding sessiyasi o‘tkazildi 🤝

 

Tadbirni tashkil etish va muhit yaratishga hissa qo‘shgan hamkorlar, spikerlar, ishtirokchilar, mentorlar, volontyorlar va Student Ambassador’larimizga (Kamilla A, Kamilla B, E’zoza, Muxtasar, Charos va Madina) minnatdorchilik bildiramiz 💙

 

❗️Yangiliklarni kuzatib boring: tez orada onlayn seminarlar boshlanadi va tanlovda to‘liq ishtirok etish uchun jamoalar hamda mentorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalarni e’lon qilamiz.

 

———

 

2026-yilgi mavsumda Technovation Girls Uzbekistan dasturi NNT Tech4Impact tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Yandex Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi.

 

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK