31-may kuni biz Toshkentda “Technovation Girls Uzbekistan Celebration 2025” tadbirini o‘tkazdik!
Bu yorqin, kreativ v haqiqatdan ham ilhomlantiruvchi bayramga aylandi – sizlar bizga bir yilga yetadigan kuch-quvvat berdingiz!
Tadbirning samimiy lahzalari bilan o‘rtoqlashamiz va:
💙 qo‘llab-quvvatlagani, ishonchi va intiluvchanligi uchun ishtirokchi qizlar, mentorlar v ota-onalarga;
🎁 mavzuli sovrinlari va loyihaga bo‘lgan e’tibori uchun hamkorlar va mehmonlarga;
🌍 amalga oshirgan ulkan ishi uchun hududiy koordinatorlar va “Student Ambassadors”larga tashakkur aytamiz!
❤️ Biz g‘oyalaringiz, ilovalaringiz va olamni o‘zgartirishga bo‘lgan intilishingizdan hayratdamiz!
31-may kuni biz bilan birga bo‘lganingiz uchun sizlarga rahmat – yaratishda, rivojlanishda va ilhomlantirishda davom eting!
Другие мероприятия
Новости по теме